
Jizzax viloyati sudlari tomonidan Jizzax shahar hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Unda jami 21 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Murojaatlardan 12 tasiga huquqiy tushuntirish berilib, 9 ta murojaat ijobiy hal etildi.
Shuningdek, Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi hamda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudi tomonidan sayyor sud majlisi ham o‘tkazildi. Jazo muddatini o‘tayotgan 7 nafar mahkum insonparvarlik tamoyillari asosida jazoni o‘tashdan muddatidan avval shartli ravishda ozod etildi.
20 nafar fuqaroning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishi bo‘yicha chiqarilgan qaror ustidan bergan shikoyati, 7 ta voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi hamda 10 ta sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilib, ularning barchasi qanoatlantirildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |