Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
EʹTIBORDA — XALQ QABULXONALARI

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yaratish va faoliyat yuritish, aholi bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mazkur sohada innovatsion yondashuvlar bilan almashish maqsadida mamlakatimizga Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Ular O‘zbekiston Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi rahbariyati bilan muzokaralar olib borib, kelgusida istiqbolli rejalar haqida so‘z yuritishga, yaqinda ochilgan Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazi misolida faoliyatni amaliyotda o‘rganishga, Markazga kelish imkoni bo‘lmagan fuqarolar uchun yo‘lga qo‘yilgan sayyor “mobil” davlat xizmatlari bilan tanishishga ulgurdilar.

Keyingi manzil — Samarqand. Ushbu butun jahonga tanilgan shaharga tashrif O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilib, ularning xotirasini shod etishdan boshlandi.

Tashrif davomida ozarbayjonlik hamkasblar O‘zbekiston Respublikasi Xalq qabulxonalari tajribasiga qiziqish bildirishdi. Axir, ular chet ellik hamkasblarimiz orasida mashhur bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimni joriy etish uchun tashkil etilgan. Faoliyati esa xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatib,uning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan. 

Shunday qilib, mazkur tashkilotning ishlash tamoyillari bilan tanishish maqsadida delegatlar uning Samarkand shahri bo‘limiga tashrif buyurdi. Samarqand viloyati Xalq qabulxonasi mudiri Shuhrat Uzakov bu erda fuqarolar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida aytib berdi. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, ushbu muassasalarga amaldagi qonun hujjatlarini biladigan, fuqarolar bilan ishlash uchun etarli tajribaga ega mutaxassislar jalb qilingan. Fuqarolarga qulay sharoit yaratish maqsadida, bugungi kunda mamlakatimiz bo‘ylab barpo etilayotgan zamonaviy Davlat xizmatlari markazlari bilan bir binoda Xalq qabulxonalari ham joylashadi. Barchasi, fuqarolar davlat xizmatlari sohasiga oid masalalarni bitta joyda xal etishi uchundir. 

Tashrif doirasida. Ozarbayjonlik mehmonlar Temuriylar poytaxti yodgorliklari — Shohi-Zinda majmuasi, Temuriylarning Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoni va boshqalarni ziyorat qilishdi.
 

16.01.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar