2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Eng olis qishloqda sayyor qabul

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Boʻka tumanida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

Tumanning eng olis hududlaridan biri – Ravot qishlogʻida tashkil etilgan muloqotda viloyat va tuman sektorlari, boshqarma va tashkilotlar, tijorat banklari rahbarlari, viloyat sudlari raislari, murojaatchi fuqarolar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

Barcha darajadagi rahbarlarning eng chekka hudud aholisi bilan bevosita muloqotga kirishayotgani, ularga munosib ish va turmush sharoiti yaratish borasida bor kuch va imkoniyatlar ishga solinayotgani odamlarning adolatga, davlatga, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, aholining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuygʻusini yuksaltirib, dunyoqarashini tubdan oʻzgartirish, yaratuvchanlik va tashabbuskorligini oshirishga zamin yaratayotir.

 

– “Mustaqil Oʻzbekiston“ fermerlar uyushmasi hududida 5 ta mahalla mavjud boʻlib, 10 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi, – deydi “Katta Ravot“ mahalla fuqarolar yigʻini raisi Erkin Ismatov. – Jumladan, bizning mahallada qariyb 2 ming 900 nafar kishi yashaydi. Albatta, aholining yoʻl, kommunal xizmat, taʼlim, tadbirkorlik va fuqarolik hujjatlari bilan bogʻliq muammolari bor. Qishlogʻimiz tuman markazidan ancha olisda joylashgani bois, ha deganda markazga borib kelishning imkoni yoʻq. Chekka qishloqlarda mana shunday muammolar borligini bilib, ularni hal etish uchun respublika va viloyat tashkilotlari rahbarlari kelayotgani bizni behad quvontirdi.

 

Sayyor qabulda har bir murojaatchining arzi-holi diqqat bilan tinglanib, ularning eʼtiroziga sabab boʻlgan holatlarni hokimlik, masalaga daxldor boshqarma, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida chuqur tahlil qilgan holda bartaraf etish choralari koʻrildi. Aksariyat murojaatlarda keltirilgan qonun buzilishi holatlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolar joyida hal etildi.

 

– Oʻgʻlim “Sharof bobo Toir oʻgʻli“ fermer xoʻjaligi rahbari, – deydi 74 yoshli Suyun bobo Sharopov. – Yozda 2 tonna urugʻlik kartoshka olish boʻyicha shartnoma tuzdi. Bank shartnomaga muvofiq, 15 million soʻmni urugʻlik yetkazib beruvchi MCHJga oʻtkazdi. Keyin urugʻni olish uchun MCHJga bordik. Urugʻi sifatsiz boʻlgani uchun olmadik. Muammo shundaki, MCHJdagilar xohlasang shu, deb pulimizni qaytarib bermayapti. Bank esa yoʻq kartoshka urugʻi uchun kreditiga 18 foizdan toʻlov hisoblashda davom etmoqda. Xullas, bormagan eshigim qolmadi. Bugun esa mutasaddi rahbarlar qishlogʻimizga oʻzlari keldi. Arzimni shaxsan viloyat hokimi eshitib, hal etish boʻyicha mutasaddilarga topshiriq berdi. Buning uchun barcha rahbarlarga, avvalo, ularni biz kabi chekka qishloq aholisi bilan muloqot qilish, muammolariga yechim topish uchun yuborgan davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildiraman.

 

Aholi bilan ochiq muloqotlar mobaynida qishloq aholisining 40 ga yaqin murojaati tinglanib, maʼlum qismi joyida bartaraf etildi. Maʼlum muddat, yaʼni atroflicha oʻrganish yoki vaqt taqozo etiladigan murojaatlar boʻyicha tegishli mutasaddilarga vazifa belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

 

Sayyor qabul doirasida bepul tibbiy koʻrik tashkil etilib, malakali terapevt, ortoped, pediatr, UTT shifokori, EKG mutaxassisi tomonidan qishloq aholisi, ayniqsa, ayollar va bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

 

Shuningdek, boʻsh ish oʻrinlari, arzonlashtirilgan kitob va oziq-ovqat savdo yarmarkalari tashkil etildi.

 

Sayyor qabulda Toshkent viloyati hokimi Gʻ.Ibragimov ishtirok etdi.

 

Avazbek Xudoyqulov, OʻzA

12.01.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar