Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
“Nurli maskan” yashil maskanga aylanmoqda

Shu kunlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda mevali va manzarali ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda. Buning natijasida katta yo‘l yoqalari, bo‘sh turgan yerlar bog‘-rog‘larga aylanmoqda.

Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha ta’lim tashkilotlari vakillari ham qalb amri bilan ishtirok etib, bir donadan bo‘lsa-da, nihol ekishga harakat qilmoqda. Jumladan, Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida joylashgan “Nurli maskan” maktab-internatida ham loyiha doirasida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari, ushbu maktab jamoasi va ishchi xodimlar ishtirok etdi.  

–“Yashil makon” umummilliy loyihada faol ishtirok etaylik” shiori ostida o‘tkazilgan aksiya doirasida muassasamiz hududiga jamoamiz bilan 300 dan  ortiq manzarali va mevali nihollar, xususan, qora qarag‘ay, eman, qayrag‘och, bodom, o‘rik, olxo‘ri, gilos ko‘chatlari o‘tqazdik – deydi” Nurli maskan maktab-internati direktori Nigora Balikova. – Kelgusida ham bunday ishlarda yanada faol ishtirok etishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.

21.11.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar