
Shu kunlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda mevali va manzarali ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda. Buning natijasida katta yo‘l yoqalari, bo‘sh turgan yerlar bog‘-rog‘larga aylanmoqda.
Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha ta’lim tashkilotlari vakillari ham qalb amri bilan ishtirok etib, bir donadan bo‘lsa-da, nihol ekishga harakat qilmoqda. Jumladan, Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida joylashgan “Nurli maskan” maktab-internatida ham loyiha doirasida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari, ushbu maktab jamoasi va ishchi xodimlar ishtirok etdi.
–“Yashil makon” umummilliy loyihada faol ishtirok etaylik” shiori ostida o‘tkazilgan aksiya doirasida muassasamiz hududiga jamoamiz bilan 300 dan ortiq manzarali va mevali nihollar, xususan, qora qarag‘ay, eman, qayrag‘och, bodom, o‘rik, olxo‘ri, gilos ko‘chatlari o‘tqazdik – deydi” Nurli maskan maktab-internati direktori Nigora Balikova. – Kelgusida ham bunday ishlarda yanada faol ishtirok etishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |