2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Farovon yurtimizga obod mahallalar yarashadi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda jadal islohotlar davri boshlandi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari, shubhasiz, mazkur islohotlarning eng muhimlaridan biridir.

Bundan koʻzlangan maqsad, avvalambor, xalqimiz turmush sharoitini yaxshilash, farovonligini oshirish va bandligini taʼminlashga, qolaversa, har bir fuqaroning hayotdan rozi boʻlib yashashiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

 

Ayni paytda mazkur dasturlar doirasida eng chekka qishloqlarda ham zamonaviy infratuzilma va inshootlar bunyod etilmoqda. Bunda har kim oʻzi yashaydigan uy, mahalla va qishloqni obodonlashtirishda hissasini qoʻshsa, yurtimiz yanada obod boʻladi, obod yurtda yashaydigan odamlar kayfiyati yaxshi boʻlishi taʼminlanadi, degan qarash ustuvor ahamiyat kasb etayotir.

 

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilda “Obod mahalla” dasturi boʻyicha mamlakatimizdagi 105 mahallaning qiyofasi tubdan yangilanib, qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mazkur dastur doirasida har bir mahallada hududiy ishchi guruhlari tuzilib, xonadonma-xonadon yurib, suhbatlar oʻtkazildi. Aholini qiynayotgan muammolar aniqlandi. Oʻrganishlar natijalari boʻyicha belgilangan mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, qurilish, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha “Yoʻl xaritalari” ishlab chiqildi.

 

Prezidentimizning 2018 yil 27 iyundagi “Obod mahalla” dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini taʼminlash masalalari toʻgʻrisida”gi qarori boʻyicha Toshkent shahrida 2018-2019 yillarda jami 68 mahallani obodonlashtirish belgilangan. Jumladan, joriy yilda 44 mahallada mazkur ishlarni olib borish uchun byudjet va tijorat banklari hisobidan 49 million soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilgan.

 

Anchadan buyon poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Oltinsoy“ mahalla fuqarolar yigʻinidagi koʻp qavatli uylarning fasad qismi taʼmirlanmagan, hududdagi tartibsiz qurilgan noqonuniy qurilmalarni koʻrgan kishining koʻngli xira boʻlar edi. Oʻsha paytlar ichki yoʻllarda avtomashina bilan harakatlanish ancha noqulay boʻlib, ayrim koʻp qavatli uylar atrofida bolalar maydonchalari deyarli yoʻq edi. Shu kabi muammolarni inobatga olib, joriy yil mazkur mahallada “Obod mahalla” dasturiga binoan katta bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Qisqa fursatda hudud qiyofasi tubdan oʻzgartirilib, turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish inshootlari qad rostlagan maskanga aylandi.

 

– Mahallamizda 6 ming 553 nafar aholi hayot kechirmoqda, – deydi “Oltinsoy“ mahalla fuqarolar yigʻini raisi Alimjon Mirzaboyev. – Dastur doirasida 17 koʻp qavatli uy tomi mukammal yopildi. Shuningdek, 6 bolalar maydonchasi, 1 avtoturargoh qurildi. Mahallamizdagi 2 ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uyi qayta taʼmirlandi. Noqonuniy qurilmalar olib tashlanib, ular oʻrnida zamonaviy tipdagi sport maydonchasi qurildi. Ichki yoʻllar joriy taʼmirdan chiqarilib, uylar atrofida oʻziga xos landshaft dizaynga ega moʻjaz bogʻlar barpo etildi. Bolalar maydonchalarida kichkintoylar uchun barcha sharoit yaratildi.

 

Dastur doirasida poytaxtimizning barcha tumanlarida kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun 983 xonadondan iborat 39 koʻp qavatli uy qurilishi boshlab yuborilgan. Shuningdek, mahallalardagi 598 koʻp qavatli uyning 538,1 ming kvadrat metr tom qismi mukammal, 1 ming 747 kirish yoʻlagi, 182 lift, 627 elektr taqsimlovchi shit taʼmirlandi. Shuningdek, uylar atrofiga 1 ming 130 videokuzatuv moslamalari oʻrnatilgan boʻlsa, 2 ming 648 garaj tartibga keltirildi.

 

Obod manzilga aylangan poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi “Yangi bogʻ” mahalla fuqarolar yigʻinidagi bunyodkorlik ishlaridan aholi mamnun. Dastur ijrosidan soʻng uzoq yillar mobaynida yigʻilib qolgan muammolar birin-ketin yechimini topa boshladi. Jumladan, koʻp qavatli uylarning tom va fasad qismi koʻpdan buyon taʼminlanmagandi. Chiqindixonadan tarqalayotgan badboʻy hidga chidab boʻlmas edi. Shuningdek, hududda bironta bolalar maydonchasi va savdo shoxobchasi yoʻqligi aholiga noqulaylik tugʻdirayotgan edi. Ayniqsa, piyodalar va kirish yoʻlaklari taʼmirtalab, muddati oʻtgan simyogʻochlar tufayli sovuq kunlarda uzilishlar ham boʻlib turardi.

 

Dastur doirasida mahalladagi mavjud 37 koʻp qavatli uy-joyning fasadi, tomi mukammal taʼmirlandi. Koʻchalarga esa 47 ta chiroq oʻrnatildi.

 

– Yaratilayotgan qulayliklar 2018 yilda mahalladoshlarimizga katta sovgʻa boʻldi, – deydi “Yangi bogʻ” mahalla fuqarolar yigʻini masʼul mutaxassisi Shohida Toirqoriyeva. – Mahallamizda zamonaviy attraksionlar bilan jihozlangan 6 bolalar, 1 mini-futbol maydonchasi, bundan tashqari, har bir koʻp qavatli uy oldida avtomobillar uchun maxsus turargoh qurildi. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida 10 kilometrdan ortiq eskirgan issiqlik quvuri almashtirilgan boʻlsa, 6 ta transformator punktini rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlari bajarildi. 8 kilometrdan ortiq tabiiy gaz quvurlari va 2 gaz taqsimlash punkti qayta taʼmirlandi.

 

Shu bilan birga, poytaxtimizda “Obod mahalla” dasturi yuzasidan aholi oʻrtasida huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari muntazam oʻtkazilib, buning natijasida 3 ming 123 obyektning sanitariya holati yaxshilandi. Shuningdek, 61 ming 534 xonadon veterinariya holati boʻyicha xatlovdan oʻtkazilib, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli yordam choralari koʻrildi.

 

Oʻtgan vaqt davomida mahallalarda olib borilgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlariga 3 mingdan ortiq koʻngilli hasharchilar va 180 dan ortiq maxsus texnikalar jalb etildi. Dastur doirasida kadastr hujjatlari mavjud boʻlmagan jami 2 ming 492 obyekt qayta rasmiylashtirildi.

 

Mahallalar obodligi, xalqimiz farovonligi, yurtimiz taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshayotgan davlat dasturlari boradagi ishlar 2019 yilda ham tizimli ravishda davom etadi.

 

Abdulaziz Musayev, Barno Meliqulova, OʻzA

02.01.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar