2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yangi yilni yangi uyda kutmoqchi bo‘layotganlar

Farg‘ona viloyatida uy-joyga muhtoj, imkoniyati cheklangan, ehtiyojmand oilalarga yangi uy-joylar tantanali ravishda topshirildi.

Kuchli ijtimoiy himoya, kam ta’minlangan oilalar va nogironlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini yanada jadallashtirish, odamlarning ezgu orzu-maqsadlari yuzaga chiqishiga yaqindan ko‘maklashish, jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga oid keng ko‘lamli tashabbuslar xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2019-yil mamlakatimizda Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili deb e’lon qilindi. Bu esa ezgu amallarni yanada kengayishiga xizmat qiladi.

Kelgusi yilda turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan 1 ming 600 nafar xotin-qizlarni imtiyozli kreditlar asosida arzon uy-joylar bilan ta’minlash vazifasi topshirilganligi ham aholining ijtimoiy himoyasiga bo‘lgan katta e’tibor bo‘ldi.


Yangi yil bayrami arafasida imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizning bir guruhiga Farg‘ona tumanidagi “Mindonobod” massivida bunyod etilgan barcha qulayliklarga ega zamonaviy uylar sovg‘a qilingani ular uchun haqiqiy tuhfa bo‘ldi. Marg‘ilon, Quvasoy shaharlari, Toshloq, Qo‘shtepa va Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi bo‘lgan 105 oilaning bugun quvonchi cheksiz.

Quvasoy shahridagi “Yuqori Muayn” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Muhabbatxon Dadajonova ham shunday uy sohibalaridan. Farzandi Tursunoy II guruh nogironi bo‘lib, parvarishga muhtoj. Opa besh farzandi va nevaralari bilan bitta uyda yashab kelayotgan edi. Hukumatimizning g‘amxo‘rligi bilan u o‘z uyiga ega bo‘ldi.


– Bayram arafasida bu biz uchun juda katta sovg‘a bo‘ldi, sevinchimni so‘z bilan ifodalab berolmayman, – deydi M. Dadajonova. – Prezidentimizga ming rahmat. Uch xonali uy berishdi. Ayniqsa, kecha davlatimiz rahbarining parlamentga murojaatnomasini televizor orqali ko‘rib, umrini nogiron farzandni parvarishlashga bag‘ishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turini joriy etishi haqidagi taklifini eshitib, rosti yig‘lab yubordim. Bu biz kabi onalarni dardi edi.


Marg‘ilon shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Ergashevaning aytishicha, shaharda bugungi kunda 378 nafar og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlar ro‘yxatga olingan. Ularni uy-joy bilan ta’minlash, ishga joylashtirish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda. Shahardagi 10 nafar oilaga mazkur yangi uy-joylardan berilganligi ham barchani mamnun etmoqda.

Shu kuni Uchko‘prik tumanida ham yangi turar joylarning kalitlari tantanali topshirildi.

Tadbirlarda Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniev so‘zga chiqdi.


M. Sulaymonov, O‘zA​    

30.12.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar