2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Farg‘onaning har bir mahallasi obod bo‘lmoqda

Mamlakatimizda bugungi kunda aholining yashash sharoitini yaxshilash, hududlardagi infratuzilmani takomillashtirish borasida o‘ziga xos tizim yaratildi. Natijada qisqa muddatlarda qishloqlarning qiyofasi yangilanmoqda, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan muammolar ijobiy yechim topmoqda.

Uzoqqa bormaylik, Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi “Tegirmonboshi” mahallasi fuqarolar yig‘ini bugun bunyodkorlik ishlari bois obod maskanga aylandi. Prezidentimizning topshiriqlari asosida mazkur mahalla tanlab olinib, “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish ishlari amalga oshirildi.

Qariyb 130 yil tarixga ega bo‘lgan Tegirmonboshi mahallasiga bugun barcha havas bilan qaramoqda. 20 milliarddan ortiq mablag‘ hisobidan mahallaning infratuzilmasi yaxshilanib, aholining yashash tarzi o‘zgardi. Mahalladagi 335 ta xonadonning har biriga islohotlarning nafasi kirib bordi, desak yanglishmaymiz. Bu kabi ezgu ishlar ayni damda boshqa hududlarda ham davom etayotgan bo‘lib, Quva, Qo‘shtepa, Rishton va Furqat tumanlaridagi 4 ta mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Aksariyat mahallalarda ko‘chalar, ijtimoiy soha ob’ektlari ichimlik suvi, elektr ta’minoti kabi muhim sohalar yillar davomida qarovsiz va e’tiborsiz qolishi natijasida nochor ahvolga kelib qolgan. Bugun esa bosqichma-bosqich barchasi hal etilib, odamlar uchun munosib turmush sharoiti yaratilmoqda. Farg‘onada ham mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda. “Mening mahallam” deya faxrlanishga arzigulik maskanlar kun sayin ko‘paymoqda, ular odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirmoqda.

Quva tumanining “Qoraqum”, Qo‘shtepa tumanining “Shomirza”, Rishton tumanining “Pandigon” va Furqat tumanining “Chirkay” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish qizg‘in bormoqda. Qariyb bir yarim oy davomida ushbu mahallalarda “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini hayotga tatbiq etish, turli ijtimoiy muammolarni hal qilish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarni tadbirkorlik markazlariga aylantirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi.

4 ta mahallada barcha xonadon xatlovdan o‘tkazilib, o‘rta va og‘ir sharoitda yashayotgan 774 ta xonadon aniqlandi, bu xonadonlar kapital yoki qisman ta’mirlab berildi, oshxona, tandirxona, yuvinish xonalari qurib berildi. Ko‘plab xonadonlarning kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi. Shuningdek, mahallalardagi 36 ta ko‘chada “Obod ko‘cha” mezonlarini joriy etishda 5,9 kilometr asfalt, 14,3 kilometr yo‘lga shag‘al yotqizilib, 1 ming 775 metr kvadrat piyodalar yo‘lagi barpo etildi. 13,4 kilometr uzunlikdagi yangi elektr tarmog‘i tortildi, 20 ta transformator ta’mirlandi, 439 ta simyog‘och ustuni beton ustunlarga almashtirildi, 248 ta yangi qo‘shimcha temir-beton ustun o‘rnatildi. 28,5 kilometr uzunlikdagi yangi ichimlik suvi tarmoqlari, shuningdek, oqova suv tarmog‘i tortildi. 9 ta yangi ichimlik suvi inshooti o‘rnatish, 2 tasini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 3 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlandi. 13 kilometr gaz tarmog‘i ta’mirlandi, ehtiyojmand oilalarga suyultirilgan gaz balonlari yetkazib berildi.

Mahallalarda 250 nafardan ziyod ishsiz aholining bandligi ta’minlandi. Bunda Quva tumanining Qoraqum mahallasida atirgulchilik xo‘jaligi tashkil etilishi, har bir mahallada ishsizlarga tadbirkorlik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlashi uchun turli asbob-uskuna va mehnat qurollari yetkazib berilgani, jami 60 nafar fuqaroga 1 milliard 366 million so‘m kredit, 29 nafarga 212 million so‘mlik subsidiya olishiga ko‘maklashilgani muhim ahamiyat kasb etdi.

9 ming 116 nafar shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik natijasiga ko‘ra, ularning 26 nafariga davolanish uchun order, 4 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 308 nafariga bepul dori-darmon vositalari olib berildi. O‘tgan qisqa davr mobaynida mahallalarda ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari ham o‘tkazildi.

Quva tumanidagi “Qoraqum” mahalla fuqarolar yig‘inida 1 ming 118 ta xonadonda qariyb olti ming nafarga yaqin aholi istiqomat qilmoqda. Bugun bu yerga kelgan kishi keng miqyosli obodonlashtirish va bunyodkorlikka guvoh bo‘ladi. Qisqa vaqt ichida har bir xonadonga kirilib, muammolari o‘rganildi. Ichimlik suvi, elektr-energiya, tabiiy ta’minotini yaxshilash ishlari olib borilmoqda. Ichki ko‘chalarga asfalt yotqizilmoqda. Mahalla binosi mukammal ta’mirlandi, 2-umumta’lim maktabi, 50, 55-maktabgacha ta’lim tashkiloti, oilaviy shifokorlik punktida ta’mirlash ishlari bajarildi. Aholini ishli-daromadli qilish uchun ham bor kuch-imkoniyat ishga solinib, hozirga qadar yuzdan ortiq fuqaro ish bilan ta’minlandi. Tomorqalardan samarali foydalanish, xonadonlarni obod qilish, uy-ro‘zg‘or madaniyatini rivojlantirish borasida turli targ‘ibot tadbirlari, ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazilyapti. Intellektual musobaqalar mahalla yoshlarining bilimini boyitayotgan bo‘lsa, uch avlod muloqotlari avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy rishtani yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

– Rosti, bu ishlarni faqat orzu qilardik xolos, – deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Mirzaakbar Ismoilov. –Davlatimiz rahbarining topshirig‘i asosida mahallamiz obod, har jihatdan namunaviy hududga aylanmoqda. Shu bilan aholini daromadli qilish, bandligini ta’minlash ham e’tibordaligi barchamizni xursand qilmoqda. Atirgulchilik xo‘jaligining tashkil etilgani esa yuzlab oilalarga katta imkoniyat eshigini ochmoqda. Tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha yaxshi tajribalar ommalashtirilayapti.

Viloyat sektorlari, boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, shahar va tumanlar sektorlari rahbarlari ishtirokida Quva tumanining Qoraqum, Qo‘shtepa tumanining Shomirza, Rishton tumanining Pandigon va Furqat tumanining Chirkay mahallasida amalga oshirilgan ishlarni qolgan shahar va tumanlarda tanlab olingan mahallalarda hayotga tatbiq etishga bag‘ishlangan amaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bu kabi bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari tizimli davom etishini bildirib, Farg‘onada og‘ir toifadagi mahalla qolmasligini qayd etdi. Shuningdek, mahallalardagi yangi ijtimoiy ob’ektlarning ochilish marosimlari ham o‘tkazildi.Har bir mahallada viloyat hokimi bilan muloqotda xonadondan boshlangan obodlikdan o‘z mamnuniyatlarini izhor qilgan aholi vakillari xalqimizni hayotdan rozi qilishdek ulug‘vor maqsad yo‘lida ish olib borayotgan davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor qilishdi.

30.10.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar