Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Qorako‘lda “Yashil makon” umummilliy loyihasi

Qorako‘l tumani markazidagi amfiteatr atrofida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida kuzgi ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborildi.

Tadbirda tuman hokimi Xurshid Tohirov so‘zga chiqdi.  

Azaldan ko‘chat ekib, bog‘ yaratish  xalqimizga xos ezgu amal ekani, shu bois mazkur xayrli ishlarda nuroniy otaxonu onaxonlar bosh-qosh bo‘lib, yoshlarni bunyodkorlik tadbirlarida faollik ko‘rsatishga undashi ta’kidlandi.  

So‘zga chiqqan nuroniy otaxonlar ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi tuman markazi va qishloqlarimizning yashillikka burkanishiga katta hissa qo‘shishini  uqtirdi.  

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari tomonidan ezgu niyatlar bilan 2000 tupdan ziyod shumtol, zarang, qayrag‘och, sadaqayrag‘och, yapon saforasi, katalpa va archa ko‘chatlari agrotexnik qoidalarga amal qilinib, suv va mahalliy o‘g‘it solingan holda o‘tqazildi.  

Ma’lumot uchun: belgilangan rejaga asosan tumanda 2023 yil kuz mavsumida 606,7 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekish nazarda tutilgan. Ushbu tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun tuman hokimligida alohida shtab tashkil qilingan.  

26.10.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar