
Qorako‘l tumani markazidagi amfiteatr atrofida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida kuzgi ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborildi.
Tadbirda tuman hokimi Xurshid Tohirov so‘zga chiqdi.
Azaldan ko‘chat ekib, bog‘ yaratish xalqimizga xos ezgu amal ekani, shu bois mazkur xayrli ishlarda nuroniy otaxonu onaxonlar bosh-qosh bo‘lib, yoshlarni bunyodkorlik tadbirlarida faollik ko‘rsatishga undashi ta’kidlandi.
So‘zga chiqqan nuroniy otaxonlar ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi tuman markazi va qishloqlarimizning yashillikka burkanishiga katta hissa qo‘shishini uqtirdi.
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari tomonidan ezgu niyatlar bilan 2000 tupdan ziyod shumtol, zarang, qayrag‘och, sadaqayrag‘och, yapon saforasi, katalpa va archa ko‘chatlari agrotexnik qoidalarga amal qilinib, suv va mahalliy o‘g‘it solingan holda o‘tqazildi.
Ma’lumot uchun: belgilangan rejaga asosan tumanda 2023 yil kuz mavsumida 606,7 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekish nazarda tutilgan. Ushbu tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun tuman hokimligida alohida shtab tashkil qilingan.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалалар | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Шартнома шартлари бажарилмаганлиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |