2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Barchasi musaffo osmon, toza havo, sog‘lom kelajak uchun

Mamlakatimizda keng ko‘lamda boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Buxoro viloyatida o‘tgan yilning kuz va 2023 yilning bahor mavsumida 16,350 million dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan.

Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun byudjet va byudjetdan tashqari 10,3 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Shuningdek, ekilgan daraxtlarni saqlash va parvarish qilish maqsadida 881 nafar ishsiz fuqarolar jalb qilindi. Ularga jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan 894,5 million so‘m mablag‘ ish haqi sifatida to‘lab berildi.

Daraxtlarni sug‘orish uchun dastur doirasida 19 kilometr sug‘orish tizimini tashkil qilish hamda 22 tik quduqlarni qurish uchun respublika byudjetidan ajratilgan ssuda mablag‘lari hisobidan qariyb 3 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Mazkur ishlarning uzviy davomi sifatida 2023 yil kuz mavsumida shahar va tumanlarning iqlim sharoitiga mos keladigan 6 million 573 ming dona daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, sug‘orish tizimi, parvarish qilish uchun mas’ullar va boshqa asosiy parametrlar aniq ko‘rsatilib “Manzilli dastur” ishlab chiqildi.

Dastur doirasida avtomobil yo‘llari yoqasi, fermer xo‘jaliklari foydalanishidagi yer maydonlari, O‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari, ijtimoiy soha ob’ektlari, shahar va tumanlardagi korxona va xizmat ko‘rsatish sohalari, mahallalar hududlarida daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi belgilangan. Albatta buning uchun viloyatda shunga yarasha zaxira mavjud. Buxorodagi uchta ko‘chat yetishtirishga ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarda 7,7 million dona 27 xil turdagi daraxt va ko‘chat zaxiralari yaratilgan.

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 11 oktyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda hududlarda ko‘chat o‘tqazishda ko‘p yillik dehqonlar, soha mutaxassislarining maslahatiga tayanish zarurligi qayd etildi. Bugun har bir nuroniy o‘zi, oilasi, farzandlari, shu yurtning ertangi kuni uchun loyihaning faol ishtirokchisiga aylangan.

– Prezidentimiz juda ham to‘g‘ri yo‘l tutdi, – deydi qorako‘llik mehnat faxriysi Nasriddin Yodgorov. – “Yashil makon” loyihasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib qo‘ydiki, biz keksalar yoshlarga hayotiy tajribalardan kelib chiqqan holda o‘z iqlim va tabiatimizga mos daraxtlarni ekishni o‘rgatishimiz shart.

Davlat rahbari selektor yig‘ilishida Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi tajribasini keng miqyosida ommalashtirish yuzasidan ham taklifni o‘rtaga tashlagan edi. Darhaqiqat jamoaning niholchilik, ayniqsa, dorivor ko‘chatlar yetishtirish borasidagi ishlari e’tirofga sazovor. 

– Qorako‘l ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligining jami ekiladigan maydoni 28 gektardan iborat, – deydi Qorako‘l ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi bo‘lim boshlig‘i Shokir Mustoqov. – 12 gektar maydonga ko‘chatxona, 16 gektar maydonga dorivor o‘simliklar yetishtiriladi. Undan tashqari, tut niholxona va ko‘chatxona ham mavjud. U yerda 20 ga yaqin manzarali va mevali ko‘chatlar bor. Asosan na’matak ko‘chatidan dala atroflariga ihota sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Mevasini yig‘ib olib, dorivor sifatida ishlatsa bo‘ladi. Na’matak ko‘chatimizni bu yilgi ekish rejamiz 9 gektardan iborat edi. Yuz foiz ko‘chatlar ekilib parvarishlanmoqda. Na’matak ikki yilda hosilga kiradi.

Na’matak ko‘chatlari hovli cheti, yo‘l bo‘ylari, dala maydonlarida ekilgan taqdirda ham yaxshigina hosil olish imkonini beradi. Eng asosiysi, uning butasi atrofga kislorod bersa, mevasi inson salomatligi uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda xo‘jalikda noyob ko‘chatlarini ko‘paytirish, Buxoro iqlim sharoitiga mos keladigan daraxtlarni yetkazib berish borasida ham salmoqli natijalarga erishilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda G‘ijduvon tumani o‘rmon xo‘jaligida 150 ming tup sada qayrag‘och hamda 100 ming tup qayrag‘och daraxt ko‘chatlari zaxirasi tashkil qilingan. Ular doimiy ravishda o‘rganilib, monitoring qilinmoqda. Ayniqsa, sada qayrag‘och ko‘paytirish tajribasi yashil makon yaratishda o‘ziga xos o‘rinni band etyapti.

Ko‘chatlarni ekish va parvarishlash, kasalliklarga qarshi kurash, o‘zaro tajriba almashish ham muhim ahamiyat kasb etyapti. Bu esa, ko‘zlangan maqsadlarga erishishda bosh omil vazifasini o‘tamoqda. Buxoro iqlim sharoitiga mos ko‘chatlar mutaxassislar tavsiyasi asosida tegishli korxona-tashkilot, mahallalarga yetkazib berilmoqda.

Yana bir ma’lumot, viloyatda ekologik barqarorlikni ta’minlash “Orol dengizi va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish bo‘yicha 2022-2026 yillar davomida 200 ming gektar maydonda “Yashil qoplamalar” himoya o‘rmonzorlari barpo etish belgilangan bo‘lib, bugungi kunda jami 40 ming gektar, shundan Romitan tumanidan 4,5 ming gektar, Jondor tumani cho‘l hududidan 35,5 ming gektar “Yashil qoplama” o‘rmonzorlari barpo etildi. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 2 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Joriy yilda ham viloyatda yana 40 ming gektar maydon “Yashil qoplamalar” bilan o‘rab olinadi. Albatta bularning barchasi musaffo osmon, toza havo, sog‘lom kelajak, degan eng muhim jihatlarni o‘zida ifoda etayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

18.10.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar