
Namangan viloyati Pop tumanidagi 77 ta mahalla fuqarolar yig‘inini bog‘lab turadigan avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 1395,6 kilometrni tashkil qiladi. Ushbu yo‘llarni soz holatga keltirish, avtomobillar va yo‘lovchilar qatnovini qulaylashtirish maqsadida joriy yilda 370,6 kilometr qismiga asfalt yotqizildi, 5,9 kilometr yo‘l betonlashtirildi.
Tumanda yo‘lsozlik ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda. Bunda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi muhim omil bo‘layotir.
- Yo‘llarimiz ta’mirtalab bo‘lib qolganiga necha o‘n yillar bo‘ldi, - deydi Nurobod mahallasida yashovchi Sobirjon ota Rahimov. – Ko‘chalarimizda piyoda yurish u yoqda tursin, mashinada harakatlanish ham azob edi. Mana, bugun yo‘llarimizga asfalt yotqizilib, hammayoq obod bo‘lyapti. Buni ko‘rib ko‘nglimiz yorishyapti, xursand bo‘lyapmiz. Axir yurting, mahallang obod bo‘lsa, ko‘ngil obod bo‘ladi-da...
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |