
Yangi yil bayrami arafasida Jizzax viloyati Baxmal tumanida nogironligi boʻlgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolardan 9 nafari yangi uy bilan taʼminlandi.
Tumandagi “Oqtosh” qishloq fuqarolar yigʻini hududida qurib bitkazilgan ikki qavatli yangi uyga imkoniyati cheklangan, ehtiyojmand fuqarolarning oilalari koʻchib kirdi. Ikki-uch xonali, barcha qulaylikka ega zamonaviy xonadonlar sohiblarining quvonchi cheksiz.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi vakillari, yangi uy egalari va ularning yaqinlari ishtirok etdi.
– Yetti nafar farzandimiz bor, – deydi yangi uylardan biriga koʻchib kirgan Ulbozor Isroilova. – Turmush oʻrtogʻim II guruh nogironi. Uy qurish yoki sotib olishga imkoniyatimiz boʻlmadi. Oʻz uyimiz boʻlishi bizning hayotdagi eng katta orzuimiz edi. Yaratganga shukr, davlatimizning eʼtibori bilan bu orzuimiz ushaldi. Yangi yil arafasida yangi uyli boʻlganimiz biz uchun qoʻshaloq bayram boʻldi.
Yangi uyli boʻlgan imkoniyati cheklangan fuqarolar hududdagi korxona va tashkilotlarga kasanachilikka, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga joylashtirilib, oilasiga doimiy daromad manbai ham yaratib berildi.
Toshqul Beknazarov, OʻzA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |