2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Senator islohotlar samarasi bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev Buxoro viloyatiga xizmat safari davomida Romitan va Peshku tumanlarida ham bo‘ldi.

Senator mahallalar hayoti, kambag‘allikni qisqartirish, odamlar murojaatlarini tezkor va tizimli hal qilish, tashabbuskor tadbirkorlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi turmushini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Romitan tumanida aholi talab va ehtiyojlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘zining ijobiy samaralarini berayotir. Buni tumanning mahallalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, ta’mirlash ishlari misolida ham ko‘rish mumkin.

- G‘azberon mahallasida umumiy uzunligi 3 ming 367 metr, Chandir mahallasida 2 kilometrdan ziyod ichki yo‘llarga asfalt yotqizildi, - deydi Xalq deputatlari Romitan tumani Kengashi kotibiyat mudiri Rahima Atoyeva. - Xuddi shu tartibdagi yo‘l ta’miri tumanning 28 ta mahallasida amalga oshirildi. Umumiy hisobda 100 kilometrga yaqin ichki yo‘llar ta’mirdan chiqarilgan. Ayni kunda Chandirda yana 3 kilometr yo‘lga asfalt yotqizilmoqda. Bir tomonda esa ijtimoiy soha inshootlari va ehtiyojmand aholi xonadonlarini muqobil energiya manbalari, xususan, quyosh paneli, gidrokollektor - suv isitkich bilan ta’minlash ishlari boshlangan. Aynan Bog‘cha mahallasida 13 aholi xonadoniga 41 kilovatt soat quvvatga ega, hududdagi 7-sonli umumta’lim maktabi va “Bog‘cha” oilaviy shifoxona poliklinikasiga jami 25 kilovatga teng quvvatli quyosh pannellari o‘rnatilgan.

Xuddi shunday, G‘aberon va Chandir mahallalarida o‘nga yaqin aholi xonadoniga muqobil energiya manbai - quyosh paneli o‘rnatilgan. Har ikki hududdagi oilaviy poliklinikalar, 23- va 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shuningdek, Bog‘chadagi 9-va 10-sonli bolalar bog‘chalariga, yana “G‘azberon” oilaviy shifoxona poliklinikasiga muqobil elektr energiyasi manbai o‘rnatildi. Mazkur uch mahalladagi umumta’lim maktablari, bolalar bog‘chalari, tibbiy xizmat ko‘rsatish muassasalari endilikda 200 litrli suv sig‘imiga ega gidrokollektor -suv isitkichlar bilan ham ta’minlanmoqda.  

Tumanlardagi o‘rganishlari davomida Erkin Gadoyev Chandir, G‘azberon va Bog‘cha mahallalaridagi yo‘l ta’miri bilan birga aholi xonadonlari, ijtimoiy soha bino-inshootlariga muqobil energiya manbalarini o‘rnatish ishlarini ham ko‘zdan kechirdi. Aholi vakillari, tadbirkorlar, namunali tomorqa yer egalari, mehnat jamoalari bilan uchrashdi. Ular bilan samimiy suhbatda bo‘ldi. Faoliyatlarida duch kelayotgan tashvish va muammolar bilan qiziqdi.

“Bog‘cha” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayol Elmira Jalilova qo‘lida gulday hunari bo‘la turib uyda o‘tirgan, ishsiz ayollardan 12 nafarini bir sexga jamlab tikuv korxonasi ochgan. Bu artelda ayni kunda mahalladoshlarning buyurtmasi asosida ko‘rpa-to‘shak bilan birga milliy liboslar va bolalar kiyimlari tikilmoqda. Har bir chevarning o‘rtacha oylik maoshi 1,5 million so‘m atrofida.

Tadbirkor ayolning ish boshlaganiga hademay ikki yil bo‘ladi. Dastlab “Xalq banki” tuman bo‘limidan olingan 30 million so‘m kredit evaziga tikuv mashinalari xarid qilgan ishbilarmon bugunga kelib 14 chevarni doimiy ish bilan band qildi.

“Bog‘cha” mahalla fuqarolar yig‘ini, Garansho qishlog‘ida yashovchi Eldor va Sardor Toshpo‘latovlar Romitan maishiy xizmat kasb-hunar kollejini tamomlaganlaridan so‘ng daromadli ish qidirib ancha ovora bo‘ldi. Xonadon sohibi Dilmurod aka farzandlarini yoniga olib tovuq boqishga kirishdi. Bir necha oylik mehnatdan so‘ng yaxshigina daromad ham olindi. Parranda soni 500 taga yetkazildi. Shu bilan birga, hovli etagidagi 5 sotixli ekin yerida issiqxona barpo qilishdi. Pomidor, bodring yetishtirildi. Bugunga kelib esa aka-uka navbatdagi biznes g‘oyani amalga oshirmoqda. Bu qurilish tarmog‘ida urfga kirgan yo‘lak plitkalari, bezakli-pardozbop koshinlar - “bruschatka” ishlab chiqarish loyihasi.

- “Montana”, “Arabika”, “Samarqand guli”, “Aliya”, “Sultan” va yana boshqa qirqqa yaqin tur va ko‘rinishdagi pardozli g‘ishtlarni ko‘rganda ko‘z quvnaydi, -deydi Eldor Toshpo‘latov. - Aholi yashash joylari, turli idora va tashkilotlar, muassasalarni bezatishda turfa “brustchatka”lardan keng foydalanilayotgani bizni ham befarq qoldirmagan. Shu yo‘nalishdagi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun shaxsiy jamg‘armamizdan dastlabki bosqichda 150 million so‘m, keyin yana shuncha mablag‘ sarflab zarur texnologiyani xarid qilib keltirib o‘rnatdik. 2021 yil yoz oylaridan boshlab kuniga 50 metr kvadrat hajmda pardozli koshin ishlab chiqardik. Hozirda esa turli o‘lchamda kuniga 70 kvadrat metrgacha plitka ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganmiz. Ukam Sardor bilan birga 3 nafar yigitni ishga yollaganmiz.

Xuddi shu kabi yangilanishlarni Peshku tumanida ham ko‘rish mumkin. Davlatimiz Mustaqilligining 30 yilligi arafasida Peshku tumanidagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini ham yangi binoda faoliyat boshlagan edi. Tadbirkor binokor Olim Ahmedov rahbarlik qilayotgan “Orifjon Damirbek savdo” MCHJ jamoasining viloyatdagi loyihalar, qurilish ishlarida o‘z o‘rni bor. Qurilish-pudrat korxonasi mirishkorlari o‘tgan yili boshidan “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida loyihalashtirilgan zamonaviy ko‘p qavatli turar joy binosini qurib foydalanishga topshirdi. Bu yerda 30 oila yashamoqda.

Bundan tashqari, shu kecha-kunduzda hududda yashovchi ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarning 58 tasi aynan “Navbahor” da qurilgan ikki va uch xonali shinam uylarga ega bo‘ldi. Ulardan 12 tasi, ya’ni og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar bevosita tuman hokimligining xotin-qizlar qo‘mitasi qo‘llab-quvatlashi tufayli ana shunday imtiyozdan foydalandi. Loyiha amaliyoti uchun “Agrobank” tuman filialidan 4 milliard so‘m sarmoya kredit mablag‘i sifatida rasmiylashtirilgan. Qolaversa, shu hududda ikkita 4 qavatli shinam turar joy bilan birga 10 ta ikki sotixli kottej ham o‘z egalariga topshirilgan.

Senator Navbahor mahallasidagi yangilanish va bunyodkorlik ishlari, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash samaradorligiga alohida e’tibor qaratdi. Shundan so‘ng qishloqda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirayotgan zamonaviy “TJS - MED” xususiy klinikasi faoliyati bilan tanishildi. Mazkur klinikada yaratilgan sharoit, ish o‘rinlari, imkoniyatlar yuqori baholandi. Mazkur xususiy tibbiyot muassasasi rahbari T.Sayidovga faoliyatini yanada kengaytirish tavsiya etildi.

21.06.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar