
Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulhumor Xidirova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Nigora Toshqulova, Sherobod tumani hokimi o‘rinbosari Adolat Boymurodova hududdagi oilalar turmush sharoitini o‘rganib, fuqarolar muammolarini tingladi.
Ishchi guruh tumandagi Chuqurko‘l mahallasidagi yotoqli bemorlar hamda og‘ir turmush sharoitida yashab kelayotgan xotin-qizlar holidan xabar olib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdi. Bundan tashqari jami 4 nafar, ya’ni 2 nafar boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizga tikuv mashinasi va 2 nafariga pishirish pechi berildi.
Shuningdek, mas’ullar mahalladagi nizoli oilalar bilan muloqot qilib, oiladagi mavjud muammoni hal etish va oilalarni yarashtirish choralarini ko‘rdi.
Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, tumandagi 5 nafar ehtiyojmand oila xotin-qizlariga oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |