2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat hokimi Prezident tabrigi va pul mukofotlarini urush faxriylariga topshirdi

9 may – Xotira va kadrlash kuni munosabati bilan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov urush faxriylariga Prezidentimiz tabrigi va pul mukofotini yetkazdi.

Olot tumani Yosh botir mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Hojimurot ota Bektoshev bu yil 97 bahorni qarshi oldi. 1926 yilda tug‘ilgan otaxon urushda o‘qchi polkda xizmat qilgan. Polsha va Latviyani ozod etishda qatnashgan. Harbiy xizmatdan so‘ng Olot tumanidagi 1-umumta’lim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 7 nafar farzandning otasi, 40 nevara, 30 chevaraning sevimli bobosi bugungi kunda yaqinlarining ardog‘ida, har bir o‘tgan kuniga shukronalar keltirib, farovon yashamoqda.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 2 maydagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” gi farmoni asosida mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Mazkur farmon asosida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biri 18 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda.
Hojimurot ota Bektoshevning qalbi cheksiz quvonchga to‘ldi. Shinamgina hovlisi mahalladoshlari, farzandlari va nevaralari bilan gavjum bo‘ldi. Viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat sektorlari hamda davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari Hojimurot otaning fayzli xonadonida bo‘ldi. Uchrashuvda Prezidentimizning Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 78 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. 18 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti va bayram sovg‘alari topshirildi. Prezidentimiz nomidan taqdim etilgan oltin suvi yuritilgan “Sherdor” soati esa urush faxriylariga bo‘lgan cheksiz hurmat ramzi bo‘ldi.
Shuningdek, otaxon viloyat hokimligi, “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan ham moddiy rag‘batlantirildi. Bundan tashqari, urush faxriysiga viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat Kengashi va boshqa tashkilotlar tomonidan ham ehtirom ko‘rsatildi. Bayramona ruhda kechgan tadbirda ona – yurt, tinchlik, mustaqillikni ulug‘lovchi she’r, kuy – qo‘shiqlar yangradi. Janubiy-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari Buxoro garnizoni harbiy xizmatchilarining targ‘ibot jamoasi ham bu xonadonda bo‘lib, izzat-ikrom ko‘rsatdi. Otaxon elu yurtning hurmat-ehtiromidan minnatdor ekanini aytib, duoga qo‘l ochdi, Vatanimizga tinchlik-omonlik, farovonlik tiladi.
– Allohga behisob shukr, – deydi Hojimurot ota. – Peshonamizda mana shunday yorug‘ kunlarni ko‘rish ham yozilgan ekan. Bugun benihoya baxtliman. Doimo yurtimizning tinchligini o‘ylayotgan, farzandlarimizning baxtli, saodatli hayot kechirishi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan Prezidentimizga ming rahmat. Urush qatnashchilariga berilayotgan bunday e’tibor va ehtiromdan boshim ko‘kka yetdi. Yurtimiz tinch, farovon bo‘lsin.

— Menga armiyaga chaqiruv qog‘ozi kelganida 1943 yil edi, – deydi Peshko‘ tumani Talisobun mahallasida yashovchi urush faxriysi Nazar ota Sherov. — Maktabning bitiruvchi sinfida o‘qirdim. “Voyenkom” deganlari gapni qisqa qildi. Bo‘y – bastimga qarab “Armiyaga borasan”, dedi. Yo‘l taraddudini ko‘rdim. Bir guruh yigitlar qatori Kogon temir yo‘l vokzali orqali armiyaga jo‘nadim. Uch bor yaralandim. G‘alabani Germaniyada qarshi oldim. Taqdirni qarangki, bizni harbiy xizmatni davom ettirgani shu yerda olib qolishdi. Natijada 1949 yilga qadar olmon yurtida bo‘ldim. Keyin esa komandirimiz bizga uyga qaytishga ruxsat berilganini aytib, sovg‘a – salom bilan kuzatib qo‘ydi. Sovg‘alar orasida eng qadrlisi non, turli yeguliklar edi.
Nazar ota hozir 98 yoshda. U Ikkinchi jahon urushining Peshko‘ tumanida hayot bo‘lgan yagona vakili sanaladi. U bir umr muallimlik qildi. Turmush o‘rtog‘i Norjon momo bilan to‘qqiz qiz, bir o‘g‘ilni tarbiyaladi. Voyaga yetkazdi. Hozir 200 dan ziyod nevara, evara, chevarasi bor. Mabodo, birvarakayiga kelishsa, otaning hovlisiga sig‘may qolishlari tayin. Faqat oyog‘idagi jarohatlar tufayli keyingi paytda yura olmay qolgani chatoq bo‘ldi. Ammo uni oilasidagilar, qo‘ni – qo‘shnilar, mahalladoshlar, davlat va jamoat tashkilotlari yolg‘izlatib qo‘ygani yo‘q. Otaxon el – yurt e’zozida.
Xotira va qadrlash kuni bayrami arafasida viloyat hokimi Botir Zaripov hamda davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari Nazar ota Sherovning xonadonida ham bo‘ldi. Botir Zaripov urush va mehnat faxriysiga Prezidentimizning Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 78 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Otaxonga 18 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi. Shuningdek, otaxon viloyat hokimligi, tegishli tashkilotlar tomonidan ham alohida rag‘batlantirildi.
– Dunyoda hech bir narsa tinchlikning o‘rnini bosa olmaydi, – deydi otaxon. – Urushning dahshatiniku aytmay qo‘ya qolay. Dastlabki jangdayoq oyog‘imdan yaralanganman. Ammo meni bu emas, yon – atrofimda quroldoshlarimning yuztuban yiqilib, hayotdan ko‘z yumgani dahshatga solgan. Bu manzara hali – hanuz tushlarimga kirib, bezovta qilib chiqadi. Shu manzara yuragimdagi bitmas jarohat bo‘lib qoldi. Yaratganga shukr, yurtimiz tinch, hayotimiz osuda. Qishloqlarimiz obod. Bozorlar to‘kin. Maktabu litsey, oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan nevara chevaralarimga doim “Bu kunlarning qadriga yeting, bolalarim” deyman. Axir, shunday tinch va farovon kunlarga yetmoq aytishgagina oson.
Shu kuni mutasaddilar Buxoro tumani “Turkon” mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 101 yoshli Fayzullo Hojiyev, Buxoro shahri Shofirkon ko‘chasida yashovchi urush faxriysi, 96 yoshli Norboy Qarshiyev, Chashmayi Ayub ko‘chasida yashovchi 98 yoshli Ahmad Muhsinov, “Shirbudin” mahallasida yashovchi 94 yoshli Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Reyda Resutova, “Shirbudin” ko‘chasida yashovchi Katize Menseitova xonadonida ham bo‘lishdi.

Uchrashuvlarda faxriylar og‘ir urush yillari va qahatchilik davridagi xalqimiz matonati, sabr-toqati, ertangi yorug‘ kunlarga bo‘lgan qat’iy ishonchi orziqib kutilgan g‘alabani yaqinlashtirganini, o‘t-olovli janggohlarda ko‘plab buxorolik jangchilar o‘z jonini fido qilganini ta’kidlashdi.
Viloyat rahbari urush faxriylarini samimiy tabrikladi. Prezidentimizning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi va pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi. Ular ko‘rsatgan jasoratni xalqimiz aslo unutmasligini, yana ko‘p yillar rohat-farog‘atda yashashlarini tiladi. O‘z navbatida urush faxriylari ham bugungi dorilomon zamonda urush va mehnat faxriylariga ko‘rsatilayotgan cheksiz g‘amxo‘rlikdan nihoyatda mamnun ekanligini bildirdi.Qolaversa, faxriylar yurtimiz tinchligi, ezgu niyatlarimiz ijobati, farzandlarimiz baxtu kamolini so‘rab duo qilishdi. 

Malumot uchun, ayni kunda Buxoro viloyatida yashayotgan Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilari 7 nafarni tashkil etadi. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

07.05.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar