2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qashqadaryoda 440 ming aholi daromadli ish bilan ta’minlanadi

So‘nggi yillarda davlat va jamiyatni isloh qilishda, avvalo fuqarolar bilan davlat organlari o‘rtasida samarali muloqot tizimi yo‘lga qo‘yildi. Davlat rahbaridan tortib eng quyi bo‘g‘in rahbarlarining aholi bilan doimiy va yuzma-yuz muloqot olib borish tizimi joriy qilindi.

Xususan, Prezidentimizning hududlardagi bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar va aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyatlarga tashrifi an’ana tusiga kirdi. Jumladan, joriy yilning 24 fevral kuni davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, viloyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishdi.  

Tashrif avvalida Prezidentimiz Qarshi tumanida 2021 yilda yangidan tashkil etilgan Yangi Batosh mahallasida bo‘lib, mahalla infratuzilmasi, fuqarolar turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi. Mahallada yangidan tashkil etilgan 660 o‘rinli maktabda bo‘lib, u yerda o‘quvchi yoshlar va pedagoglar bilan muloqot qildi.  

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerak, bugun mamlakatda amalga oshirilayotgan har bir islohotda ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birgina Qashqadaryo viloyati misolida oladigan bo‘lsak, viloyatda 155 ming o‘quvchi o‘rni yetishmas edi. Buning uchun viloyatga 1 trillion mablag‘ ajratilib, 215 ta maktab qurildi. Natijada Qashqadaryo viloyati maktablar soni bo‘yicha respublikada birinchi o‘ringa ko‘tarildi.  

Muloqot davomida davlat rahbari endilikda o‘quvchilar maktabdan chet tillarini va hunar o‘rganib chiqishi, 11-sinf hayot yo‘li sinfi bo‘lishi va har bir yosh shunday o‘qib, jamiyatda o‘z o‘rnini topsa, bu O‘zbekistonimizga mustahkam zamin bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.  

Shu bilan birga, tashrif davomida Prezidentimiz Qarshi shahridagi “Buyuk turon” kichik sanoat zonasida ham bo‘lib, bu yerda tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar va loyihalarning amalga oshirilishi hamda ishchilar mehnat faoliyati bilan tanishdi. Ushbu sanoat zonasida hozirga qadar 2 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, 500 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Joriy yil oxiriga qadar yana 2 ta loyiha ishga tushiriladi va umumiy ish o‘rinlari soni 1 ming 500 taga yetadi.  

Albatta, hududlar iqtisodiyotini yuksaltirish va aholi turmush farovonligini oshirishda bunday sanoat zonalarining o‘rni beqiyos sanaladi. Boisi, Qashqadaryo viloyati tadbirkorlikni rivojlantirish uchun mehnatkash aholisi soni yuqori, boy tabiiy resurslari yetarli bo‘lgan viloyat hisoblanadi.  

Jumladan, viloyat hududida yerosti va yerusti tabiiy qazilma boyliklari, qolaversa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha ulkan xom ashyo bazasi hamda iste’mol bozori mavjud. Ammo, viloyatda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sanoat usulida qayta ishlash darajasi past. Xususan, yetishtirilgan mevaning 12 foizi, sabzavotning 2 foizi, uzumning 4,8 foizi, go‘shtning 1,1 foizi, sutning 2,8 foizi qayta ishlanayotganligi, bu mahsulotlarga viloyatning o‘zida katta bozor borligini ko‘rsatadi.  

Viloyatda keyingi 5 yilda yetishtiriladigan qariyb 10 million tonnalik chorvachilik mahsulotlarini yoki qariyb 65 million tonnalik dehqonchilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha yangi investitsiya loyihalarini joriy etish zarurati mavjud. Shu bois, viloyat faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari viloyatni kelgusi yillarda rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilab berdi.  

Yig‘ilishda, avvalo, viloyatda energiya ta’minotini yaxshilash choralari ko‘rsatib o‘tildi. 2023 yilda viloyatda elektr iste’moli 6,9 milliard kilovatt soatni tashkil etib, 310 million kilovatt taqchillik bo‘lishi kutilayotgani hisobga olinib, Nishon va Chiroqchi tumanlarida 3 ta quyosh elektr stansiyasini ishga tushirish rejalashtirilgan.  

Shu bilan birga, elektr tarmoqlari yangilanib, energiya iste’moli yuqori qurilmalar almashtiriladi. Yiliga 2,2 milliard kilovatt sarflaydigan Qarshi magistral kanalining nasos stansiyalarida 6 chastotali boshqarish vositasi o‘rnatiladi. Bu orqali shu yilda 50 million kilovatt, kelgusi yildan boshlab yiliga 175 million kilovatt elektr iqtisod qilinadi.  

Yig‘ilishda viloyatda sanoatni rivojlantirish, tadbirkorlik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham qator choralar belgilab olindi. Xususan, 2023 yilda viloyatga 1,5 milliard dollar investitsiya jalb qilinib, 440 ming aholini daromadli ish bilan ta’minlanadi.  

Ayni kunda viloyatdagi tadbirkorlar uchun yaratib berilgan sharoit sabab 80 ta mahallada 6 mingdan ziyod aholi kasanachilik bilan shug‘illanib kelmoqda. Xususan, kasanachilikka jalb qilingan ehtiyojmand fuqaroga ijtimoiy nafaqa 6 oy davomida to‘lab berilmoqda. Asbob-uskuna va xomashyo sotib olishlari uchun esa 9 million so‘mgacha subsidiya taqdim etiladi. Bular orqali Qashqadaryoda yana 150 ta mahallada qo‘shimcha 20 ming aholini kasanachi qilish mumkinligi qayd etildi.  

Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash maqsadida Dehqonobod, Yakkabog‘, Shahrisabz va Nishon tumanlarida suv ta’minotini yaxshilab, 10 ming aholini band qilish, Mirishkordagi 5 ming gektarli tabiiy ko‘lda baliq yetishtirishni ko‘paytirish vazifalari belgilab olindi.  

Xulosa qilib aytganda, tashrif davomida belgilab berilgan vazifa va rejalar, avvalo, viloyat aholisi farovonligini oshirish, turmush tarzini yanada yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.  

02.03.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar