2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yangi vazir sohani qanday isloh qiladi? – SSV Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni sog‘liqni saqlash vaziri A.Inoyatov olib bordi.

– Rahbar kabinetda o‘tirishi, ishga kelib ketishi yoki qaysidir masala bilan yugurib yurishi mumkin, lekin tizimli muammoni hal qila olmasa yoki natija ko‘rsatmasa, bunday rahbarning kimga keragi bor?! Bu gap, avvalo, vazirlikning o‘ziga ham tegishli, – dedi vazir. – Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tuman tibbiyot birlashmalari, ixtisoslashtirilgan markazlar, viloyat muassasalari rahbarlari ishni to‘g‘ri tashkil qilmaganliklari uchun bugun pastda ish ketmayapti. Har bir rahbar o‘zgarishni o‘zidan boshlashi kerak. O‘zini to‘g‘rilamasa, ishga yangicha yondashmasa, tashabbus va faollikni o‘zidan boshlamasa, bugun talab etilayotgan natijani ko‘rsata olmaydi.  

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining 1 ming 140 nafar mutaxassisini safarbar qilish orqali hududlarda jigar, qon-tomir, qorin, ko‘krak qafasi, transplantologiya, mikroxirurgiya, rekonstruktiv va plastik jarrohlik amaliyotlari keng joriy etiladi. Buyrak transplantatsiyasi amaliyoti joriy yildagi 300 tadan 500 taga, jigar transplantatsiyasi 20 tadan 50 taga oshiriladi. Hududlarda joriy yilda kamida 15 ming nafar bemorlarga yuqori texnologiyali amaliyotlarni qo‘llash bilan yordam berish rejalashtirilmoqda. Bunda, yurak tug‘ma nuqsonli bemorlarga 2500 ta okklyuder implantatsiyasi, 1700 ta laparoskopiya, 1600 ta endovaskulyar hamda shuntlash, stentlash, angiografiya va koronarografiya kabi amaliyotlar o‘tkaziladi.  

Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi. Bunda, tug‘uruq komplekslarini ta’mirlash, zarur uskunalar bilan jihozlash va tug‘uruq o‘rinlari sonini mavjud 11 mingtadan 15 mingtaga yoki 35 foizga ko‘paytirish ko‘zda tutiladi. 46 ta tumanlararo perinatal markazini jihozlashga 5,2 million dollar yo‘naltiriladi. Kelgusi yilda bolalarning ham aqliy, ham jismoniy, ratsional va sog‘lom rivojlanishi, ayollarda kamqonlik va tug‘ma nuqsonlarning oldini olish maqsadida bolalarni hamda o‘smir qiz va homilador ayollarni vitamin va dori vositalari bilan bepul ta’minlashga 145 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Eshitish qobiliyati past bo‘lgan 250 nafar bolalarga koxlear implant o‘rnatiladi. Spinal mushak atrofiyasi bor 112 nafar bolani davolash uchun 120 milliard so‘mlik dori vositalari yetkazib beriladi.  

Hay’at yig‘ilishida malaka toifasini berish, bu jarayonda inson omili aralashmaydigan, shaffof, uch bosqichli yangi tizim joriy etish borasida so‘z yuritildi. Ta’lim yo‘nalishidagi byurokratik to‘siqlarga barham berilishi ta’kidlandi.  

Ya’ni metodik qo‘llanmalar, monografiyalar, uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy ishlarga xulosalar berishni vazirlik tomonidan tasdiqlash tizimi bekor qilinib, barcha vakolatlar endilikda OTMlar va ixtisoslashtirilgan markazlar tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, 2023 yil 1 apreldan boshlab, malaka toifasi olish bo‘yicha taqdim etiladigan hujjatlari Davlat xizmatlari markazlari orqali faqat elektron shaklda qabul qilish tartibi joriy etiladi. Malaka toifa sertifikatlari QR-kod qo‘yilgan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Keyingi yildan boshlab farmatsevtika va tibbiyot xodimlari faoliyatini bosqichma-bosqich litsenziyalashga o‘tiladi.  

Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari AQSH, Koreya, Germaniya va Rossiya standartlari asosida qayta ko‘rib chiqiladi. Tibbiyotda yetakchi bo‘lgan xorijiy universitetlar darslik va ilmiy ishlari asosida o‘zbek va qoraqolpoq tillarida yangi avlod adabiyotlari yaratiladi. Talabalarni nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha ikki bosqichli yangi tizim joriy etiladi.  

– 2022 yilda 1000 dan ortiq mahalla tibbiyot punktlari tashkil etilgan bo‘lsa, 2023 yilda yana 500 tasini tashkil etish topshirig‘ini oldik, – dedi A.Inoyatov. – Bundan tashqari, respublika bo‘yicha jami 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punktlari tashkil etilib, jami birlamchi tizim muassasalari soni 4200 taga yetkaziladi. Buning natijasida qo‘shimcha 2 million nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmat yaqinlashtiriladi.  

Shuningdek, vazir sohada hamon korrupsion holatlar uchrayotganini ta’kidlab, Yangi yilni tizimda “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb e’lon qildi.  

– Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan korrupsiya urchigan bir qator yo‘nalishlar borki, birinchi navbatda ularga barham berishimiz kerak. Xususan, ishga joylashtirish, ayniqsa hamshiralarni, roddomlardagi “suyunchi puli”, “kesarcha kesish” uchun belgilangan stavkalar, order berishdagi tanish-bilishchilik kabi illatlar mavjudligini hamma biladi. Afsuski, shu ishlarni amalga oshirayotgan ayrim nopok shaxslar tufayli butun tizim sha’niga dog‘ tushmoqda. Yangi yilni tizimda “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb e’lon qilamiz. Vazirlikning maxsus “Ishonch telefoni” tashkil etiladi. Shu bilan birga ishonch telefoni sifatida o‘zimning shaxsiy raqamimni ham kiritaman. 

Yig‘ilishda shu va boshqa masalalarga to‘xtalib o‘tildi.  

04.01.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar