Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Viloyat hokimi olis qishloqdagi fuqaro xonadonida tunab qoldi

Ayni kunlarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Xorazm viloyatining Xonqa tumani bo‘ylab aholi muammolarini o‘rganish, ularga yechim topishda amaliy ko‘mak berish uchun ishchi guruhi uyma-uy yurish orqali o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Bunda aholi bilan muloqot qilish, eng og‘ir, eng chekka, eng olis hududlarga chiqqan holda, mahallama-mahalla, qishloqma-qishloq, ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy yurib, aholi muammolarini bartaraf etishga e’tibor qaratilmoqda.

Har bir mahalla uchun tuzilgan alohida ishchi guruhlar orqali barcha xonadonlarga kirib borilmoqda. Shuningdek, sektorlar kesimida ijtimoiy ob’ektlardagi shart-sharoitlar va muammoli holatlar o‘rganilyapti.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Raximov ham Xonqa tumanining chekka hududlaridan hisoblangan Qoramozi mahallasida bo‘lib, qish mavsumida energiya va issiqlik ta’minotining ahvoli, narx-navo, fuqarolarni tashvishlantirayotgan muammolarni o‘rgandi, aholi bilan muloqot qildi. Ushbu mahallada yashovchi Otaxonovlar va Ro‘zmetovlar  xonadonlarida bo‘lib, oila a’zolari bilan samimiy suhbatlashdi.  

Viloyat rahbari oila vakillarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklab, bayram sovg‘alarini topshirdi va qishloq aholisining kundalik turmush tarzi, muammolari bilan yanada yaqinroq tanishish maqsadida Ro‘zmetovlar xonadonida tunab qoldi.

Shuningdek, Xonqa tumani hokimi Murodbek Davlatov boshchiligidagi ishchi guruhi “Shirin”,“Paxtagul” hamda “Guliston” mahallalaridagi og‘ir sharoitda kun kechirayotgan  bir guruh fuqarolar xonadonlarida bo‘lib ular bilan suhbatlashdi. Uyma-uy yurishlarda mahallalar o‘sish nuqtasini aniqlab, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rganildi.  

Aholi murojaatlari bilan ishlashdagi yangicha tizim yangi yil bayrami arafasida fuqarolarga yaxshi kayfiyat ulashmoqda.

25.12.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar