Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Prezident topshirig‘i amalda: ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlarga uy berilmoqda

Farg‘ona shahrida 6 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar o‘z uylariga ega bo‘ldi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ularga ajratilgan xonadonlarning kalitlarini topshirdi.

Mamlakatimizda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘tgan yili viloyatda 18 yoshga to‘lgan 29 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ko‘p kvartirali uy-joylardan kvartira taqdim etilgan bo‘lsa, bu yil 17 nafar yigit-qiz ta’mirlangan va to‘la jihozlangan uy-joylar egasiga aylanmoqda. Ushbu maqsad uchun Prezidentimiz ko‘rsatmasi bilan respublika byudjeti mablag‘laridan 2 milliard 412 million so‘m uy-joylar sotib olishga ajratilgan bo‘lsa, ta’mirlash va jihozlash ishlariga mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan qismidan mablag‘ sarflandi.

Farg‘ona shahrida 6 nafar yoshlar – Erika Ribalko, Alina Kabilova, Madina Atayeva, Nozimaxon Ergasheva, Akbarxon Karimov va Umid Shermatov o‘z nomlariga rasmiylashtirilgan kvartiralar kalitlarini viloyat hokimi qo‘lidan qabul qilib oldi. Ularning barchasi doimiy ish o‘rniga ham ega bo‘ldi.

Joriy yil yakuniga qadar viloyatda yana 11 nafar – Marg‘ilonda 6 nafar, O‘zbekiston tumanida 2 nafar, Furqat tumanida 2 nafar va Buvayda tumanida 1 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar uy-joy bilan ta’minlanadi. Viloyat hokimi bilan muloqotda bo‘lgan yoshlar Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, kelajakda el-yurtga sadoqat bilan xizmat qiladigan insonlar bo‘lishga va’da berdi.

22.11.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar