
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Zomin tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbirda 25 nafar fuqaroga o‘zboshimchalik bilan qurilgan o‘z uy-joyiga mulk egaligini tasdiqlovchi kadastr hujjatlari, turli sabablar bilan tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma ololmagan 20 nafar bolaga guvohnomalar topshirildi.
– O‘zim yashab kelayotgan uyimga mulk egaligi haqida hujjat olish uchun idorama-idora yurishdan charchab, oxiri bu ishning hal bo‘lishiga ishonmay qo‘ygan edim, – deydi “Xalqabod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Jumagul Qarshiboeva. – Davlat xizmati markazidagilar yordami bilan 20 yildan buyon hal etilmagan bu ish bir necha kunda hal etib berilganidan minnatdorman.
Prezidentimizning 2018 yil 20 apreldagi “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aktsiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni asosida o‘tkazilayotgan bir martalik umumdavlat aktsiyasida yillar davomida echilmay kelayotgan muammolar hal etilganidan J.Qarshiboeva kabi mamnun bo‘layotganlar ko‘p.


Davlat xizmatlari agentligi viloyat hududiy boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, viloyatda ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aktsiyasi doirasida hozirgacha 1 ming 719 ariza o‘rganib chiqilgan, noqonuniy qurilgan turar joylar qonuniylashtirib berilgan. Birgina Zomin tumanida ushbu aktsiya boshlangandan buyon 186 murojaat hal etilgan.
Endilikda tug‘ilganlik, o‘lim dalolatnomalarini qayd etish va bu hujjatlarni rasmiylashtirib berish ham davlat xizmatlari markazlari tomonidan bajarilayotir.
O‘rganishlar davomida Zarafshon Shomatov, Xayrilloh Narziqulov tug‘ilganlik haqida guvohnomaga ega bo‘lmagani tufayli hatto maktabga ham qabul qilinmagani, haligacha o‘qish-yozishni bilmasligi aniqlandi. Sayyor qabulda ularga tug‘ilganlik haqida guvohnomalar topshirildi.
Qabulda davlat xizmatlari markazlari mutaxassislari, huquqshunoslar aholiga davlatimiz tomonidan qulaylik yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati haqida ma’lumot berdi.
Toshqul Beknazarov, Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |