
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Chinoz tumanidagi “Eshonobod” mahallasida sayyor qabul o‘tkazib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi.
Qabulga kelgan aholi ta’limga oid muammo va takliflarini bildirdi.
Xususan, Chinozdagi 9-umumta’lim maktabini kapital ta’mirlash 2023 yilgi Investitsiya dasturiga kiritiladigan bo‘ldi. Shu kabi fuqarolarning murojaatlari asosida boshqa joylardagi 44-, 41-, 34-, 37-, 40-, 29-, 30- umumta’lim maktablariga ham kelgusi yillarda sport zallari qurish mahalliy hokimliklar bilan birga hal etiladigan bo‘ldi.
Joriy yilda maktablarda sharoitlarni yaxshilash uchun qariyb 800 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilyapti. “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida maktablarning moddiy-texnik bazasi yaxshilanmoqda. Bu boradagi ishlar kelgusida ham davom ettiriladi. Qabulda yo‘llangan 8 ta masala joyiga chiqib o‘rganilganidan so‘ng, aniq yechimi taklif etiladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |