2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Dastur Yangier qiyofasini o‘zgartirdimi?

Yangier bir vaqtlar nafaqat Sirdaryo viloyati, balki respublikamizda iqtisodiy jihatdan rivojlangan shahar sifatida dong taratgan. Ammo shaharning o‘sha shuhrati 40-50 yillar ilgari pasaya boshlagani ham bor gap.

Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan izchil islohotlar samarasi o‘laroq, keyingi ikki yilda shaharda keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yangier shahri butunlay o‘zgardi, o‘zgacha chiroy ochdi. 

Bir qator ma’muriy, ijtimoiy, maishiy, savdo inshootlari, aholi turar joylari, ishlab chiqarish korxonalari, maktabgacha ta’lim muassasalari, istirohat bog‘i, tekis va ravon ko‘chalar barpo etildi. 

Yangier shahridagi Temur Malik va Navro‘zobod mahallalari “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi“ ishlab chiqilgan. 

Xizmat safarimizni shahar hokimi sektoriga qarashli Temur Malik mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdan boshladik. 

“Temur Malik“ mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 37 ko‘p qavatli va 690 yakka tartibdagi uylarda 4 ming 300 dan ziyod aholi istiqomat qiladi. “Obod mahalla” dasturi doirasida mahallada 20 milliard 927 million so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. 

– “Yo‘l xaritasi“ga muvofiq, Temur Malik mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofidagi noqonuniy qurilgan 37 bino buzildi, 1 ming 100 kubometrga yaqin qurilish, sanoat va maishiy chiqindilar tegishli hududga chiqarildi, – deydi shahar hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilshod Azimov. – 27 million 200 ming so‘m mablag‘ evaziga mahalla arkasi o‘rnatildi. 13-maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlari yakuniga etkazilmoqda. Har bir ko‘p qavatli uy hovlisida bolalar maydonchasi barpo etilayotir. Uylarning old va yon qismi hamda piyodalar yo‘lakchalari ta’mirlanib, uy raqamlari o‘rnatilmoqda. Mahalladagi 35 ko‘p qavatli uyning tashqi fasadi, kirish yo‘lagi ta’mirlandi. Kirish yo‘lagiga temir eshiklar qo‘yilib, ularga kodli qulflar o‘rnatildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yangier shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 1 ming 200 metr elektr tarmog‘i simlari zamonaviysiga almashtirilgan. 2,4 kilometr eski elektr tarmog‘i o‘rniga yangi tarmoq tortilib, 51 beton ustun o‘rnatilgan. 2 dona transformator mukammal ta’mirlanib, 1 dona yangi transformator o‘rnatilgan. 

Safarimiz davomida mahalla hududidagi 1 kilometrdan ortiq gaz quvurlari joriy ta’mirlangani va to‘liq bo‘yalganiga guvoh bo‘ldik. 

Mahalliy tadbirkor Masariddin Rahmonov tomonidan qurilgan ochiq suzish havzasiga o‘zining 1 milliard so‘m mablag‘i va 400 million so‘m bank krediti sarflangan. 

– Shahar obodonlashtirish boshqarmasining 45 nafar ishchi-xodimi va mahallamiz faollari bilan birgalikda 8 ming 600 kvadrat metr maydonni begona o‘tlardan, 3 ming 500 pogon metr irrigatsiya tizimini chiqindilardan tozaladik, – deydi “Temur Malik“ mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Kozim Jalilov. – Piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab yangi daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqazilmoqda. Shu kunga qadar bu erda “Obod mahalla“ dasturi ijrosi doirasida 3 milliard 487 million 600 ming so‘mlik ishlar amalga oshirildi. 

Mirzacho‘l bag‘ridagi yirik shaharlardan biri – Yangierga ijodiy safarimiz chog‘ida Temur Malik mahallasida hali ko‘p ish bajarilishi lozimligiga guvoh bo‘ldik. 

To‘g‘ri, shaharda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. Erishilgan yutuqlar o‘zimizniki, ular bilan har qancha faxrlansak arziydi. Biroq, shahar ahlining farovonligi uchun bularni etarli, deb bo‘lmaydi. 

A.Qayumov, O‘zA    

10.11.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar