Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Mo‘ynoqda “Nuroniylar maskani”ning yangi binosi foydalanishga topshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani markazida Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda “Nuroniylar maskani”ning yangi binolari foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda mahallalar faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yoshi ulug‘ insonlar, keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlashga  qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z bordi. Yangi binolar hudud aholisi, shu jumladan nuroniylarning madaniy dam olib, vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga xizmat qiladi.

Oila, xotin-qizlar va keksa avlod vakillari bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va o‘zaro hamkorligini ta’minlashda mazkur maskanlar faoliyati muhim o‘rin tutadi.

Tadbir ishtirokchilari maskanda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

12.06.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar