Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani markazida Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda “Nuroniylar maskani”ning yangi binolari foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda mahallalar faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yoshi ulug‘ insonlar, keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z bordi. Yangi binolar hudud aholisi, shu jumladan nuroniylarning madaniy dam olib, vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga xizmat qiladi.
Oila, xotin-qizlar va keksa avlod vakillari bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va o‘zaro hamkorligini ta’minlashda mazkur maskanlar faoliyati muhim o‘rin tutadi.
Tadbir ishtirokchilari maskanda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |