2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Nuroniylar tajribasini yoshlar kelajagi uchun bog‘cha yoshidanoq qo‘llash kerak

Xalqona qadriyatlar, kattaga hurmat, kichikka izzat ko‘rsatish va o‘zaro oqibatli munosabatlar vositasida farovon turmushga erishish – bugun faoliyat boshlagan yangi tuzilmaning asosiy tamoyili desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

Ana shu maqsadda Jizzax viloyatida Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi va hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tizimli tadbirlar tashkil etilmoqda. 

Forish tumanidagi Ilonli qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Qobil bobo Olqorov bu yil 85 yoshni qarshi oladi. O‘tgan asrning ayni qahatchilik yillarida tug‘ilib, umri tayoq ushlab, tuyoq orqasida o‘tgan Qobil bobo yigitlik chog‘idayoq chorvador bo‘lib nom chiqargan, elda azizlik martabasiga erishgan. 

44 yoshida «Mehnat qahramoni» unvoniga sazovor bo‘lgan. Qarichilikning nuqsi yuz-ko‘zda bilinsa-da, Qobil bobo bir vaqtlar ayni qishloq xo‘jaligi sohasida ta’lim olgani, ongli umrini zahmatli mehnat bilan o‘tganidan aslo armon qilmaydi, aksincha, hayotiy misollar vositasida buni yoshlarga tushuntirib berishdan aslo charchamaydi. Zotan, 10 farzandni oq yuvib oq taragan. 80 dan ziyod nevara-evaralarning bobosi bo‘lgan Qobil boboning hayot haqiqati bugungi avlod uchun o‘rnak, istiqbol qadamlariga mustahkam zamin.

Qobil bobo singari insonlar – oilalarimizning bebaho davlati, yurtimizning fayzi shukuhi. Nuroniylar tajribasini yoshlar tarbiyasi uchun bog‘cha yoshidanoq qo‘llash, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishimiz kerak. Ayni mana shu mantiqqa asoslangan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yoshlar hayotining barcha bosqichlarini qamrab olgan. 

Nuroniy otaxon-onaxonlar va yoshlar suhbati Jizzax cho‘llarini o‘zlashtirish jarayonlari, Mustaqilligimizning ilk yillaridagi qiyinchiliklar, bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizda inson manfaatlarini ulug‘lash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida bo‘ldi. 

Fikr bir joydan chiqsa, hamjihat bo‘linsa, og‘irliklar ortda qoladi. Hudud taraqqiyotida barometr bo‘ladigan mahalla hayoti, Jizzax shahri Olmazor mahallasi misolida aytganda, rais boshchiligida hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, profilaktika noziri hamda xotin-qizlar faolining o‘zaro hamfikr ish olib borishlari bilan belgilanadi. 

YeCHIMINI KUTAYOTGAN MASALALAR

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, joylarda amalga oshirilgan ishlar barobarida fuqarolarni tashvishga solayotgan va yechimini kutib turgan masalalar yetarli. Misol uchun, Do‘stlik tumanidagi 63 ta ko‘pqavatli uylarda 888 ta, 23 ta eski barak uylarda 140 xonadon istiqomat qiladigan «Chinobod» mahallasi aholisi bilan muloqotlarda ko‘pqavatli uylar atrofidagi infratuzilma ob’ektlari qurilishi nihoyasiga yetkazilmaganligi ayon bo‘ldi. Qars ikki qo‘ldan chiqsagina, aholi kayfiyatidagi boqimandalik, e’tiborsizlik kayfiyati yo‘qolsagina, tashabbuslar samarador bo‘ladi.

Kompleks tadbirlar doirasida Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshchiligidagi tegishli vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat ishchi guruh Arnasoy tumanidagi Chinobod va Bobur nomli, Zarbdordagi Andijon nomli qishloqlar kabi markazdan olis va eng chekka, sharoiti nisbatan og‘ir 16 ta aholi yashash manzilida o‘tkazgan o‘rganishlari davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, aniqlangan 200 dan ziyod ijtimoiy muammolarga yechim belgilandi.

Hayot va turmush muammolari yechimiga qaratilgan ana shunday ishlar Sirdaryo viloyatida ham tatbiq etilmoqda. Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash vazirligi boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatidagi o‘tkir muammolar aniqlangan 20 dan ziyod olis hududlarida bo‘lib, aholi bilan muloqotlar o‘tkazdi.

Odamlar ko‘z o‘ngida turmush uchun salbiy ta’sirga ega holatlarni tezda bartaraf etishning aniq muddatlari belgilandi. Misol uchun Sardoba tumanining markazdan uzoq «Fayzliobod» mahallasiga eltuvchi tuzukroq yo‘lning o‘zi yo‘q, elektr ta’minoti esa lo‘nda aytganda, ta’mirtalab, ya’ni elektr ta’minoti ustunlari almashtirilishi, yuqori kuchlanish talab etiladigan joylardagi kam quvvatli nimstansiyalar almashtirilishi kerak. Bu ishlar mahalla mas’ullari va Prezident xalq qabulxonalari nazorati ostida avgust oyigacha to‘liq yakunlanadigan bo‘ldi.

 Avval 15 kilometrga yaqin ichki yo‘llar va yana shuncha trotuarlar quriladigan bo‘ldi. Bir vaqtning o‘zida elektr va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ham ishlar boshlandi. 

Bugun yoshlar masalasida davlat tashabbuslari katta imkoniyatlarni taqdim etayotgani bor gap. Ustuvor maqsadlar mahalla sharoitida yorqin istiqbol uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

15.03.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar