2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Davlat xizmatlari: murojaat va mas’uliyat

Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari o‘z faoliyatida hamisha ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qiladi.

 Qolaversa, har bir xodim murojaatlar bilan ishlashda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” gi qonun talablaridan kelib chiqqan holda ularni to‘liq, o‘z vaqtida va xolisona o‘rganib chiqilishiga alohida e’tibor qaratmoqda.  

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida o‘tgan 2021 yilda jami 1 ming 627 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 744 tasi virtual qabulxona orqali, 883 tasi esa bevosita jismoniy va yuridik shaxslardan. O‘tgan yili jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan murojaatlarning 883 tasi ko‘rib chiqilgan. Ularning 268 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 757 ta fuqaroning murojaatiga huquqiy tushuntirish berilgan. Ushbu murojaatlarning 1 ming 580 tasi ko‘rib chiqilib, 627 tasi qanoatlantirilgan va 753 ta murojaat mualliflariga huquqiy tushuntirish berilgan. Murojaatlarning 42 tasi ko‘rib chiqish uchun tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan. 44 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan bo‘lsa, 3 tasi rad etilgan, 158 tasi esa o‘rganish jarayonida qolgan.  

Masalan, Angren shahrida yashovchi S. Norboyeva nabirasini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish bo‘yicha amaliy yordam so‘rab, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Ishonch telefoni” ga murojaat qilgan. Uning murojaati Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganildi. Mazkur murojaatlar o‘z vaqtida qanoatlantirilib, 2016 yilda tug‘ilgan nabirasi D.Muxammadaliyevani Angren shahardagi 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanma taqdim etildi.

Bo‘stonliq tumanida yashovchi A. Mo‘minov elektr tarmoqlariga ulanish uchun amaliy yordam so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ishonch telefoni” ga murojaat qilgan. Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlarining aralashuvi bilan tuman HETK tomonidan elektr tarmog‘iga ulanish uchun texnik shart va shartnoma tayyorlanib, amaliy yordam ko‘rsatildi. Yangiyo‘l tumani Xonobod mahallasida yashovchi Elmira Januzakovaning farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olishida amaliy yordam so‘rab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishonch telefoni” orqali qilgan murojaati DXA viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganildi. 

Fuqaroning 2020 yilda tug‘ilgan farzandiga Yangiyo‘l tuman FHDYO bo‘limi tomonidan tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.  
Inson bu dunyoda o‘z qadriga ega bo‘lib yashagandagina hayotidan mamnun bo‘ladi. Qaysi bir idora yoki tashkilotga yo‘llangan har bir murojaat ortida esa inson taqdiri, uning tashvishi bor. Fuqarolarning murojaatini o‘z vaqtida o‘rganib, muammosini hal etish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish inson qadrini yana bir pog‘ona yuksakka ko‘taradi. Oldimizda bundan ulug‘ maqsad, bundan ustuvorroq vazifa yo‘q.  

08.02.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar