2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
To‘ra Bobolov: “Bog‘obod mahallasi yanada obod bo‘ladi”

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov viloyatdagi iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli nisbatan og‘ir mahallalar aholisi bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan tanishmoqda.

Viloyatda iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli nisbatan og‘ir hududlar sifatida 195 ta mahalla tanlab olingan. Ayni paytda mazkur mahallalarda hududni obodonlashtirish, yo‘llarni ta’mirlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. 

Sherobod tumanidagi Bog‘iobod mahallasi ham iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli nisbatan og‘ir hudud ro‘yxatiga kiritilgan. Mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlariga aholi ham  faol ishtirok etmoqda.  
Viloyat hokimi mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Nuroniylar, tuman mahallalaridagi hokim yordamchilari, jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari va tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.

–Prezidentimiz tashabbusi bilan e’lon qilingan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da har bir mahallada samarali ish olib borishni rejalashtirib olganmiz, – dedi To‘ra Bobolov. – Bu ishni iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli nisbatan og‘ir hudud sifatida tanlab olingan mahallalardan boshladik. Albatta, bu jarayonda xalqimizning barcha qonuniy manfaatlari ta’minlanadi. Bog‘obod ham obod mahallaga aylanadi. Yirik hajmdagi bu ishlarni amalga oshirishda sizlarning taklif va tavsiyalaringiz albatta, e’tiborga olinadi. Endilikda fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida yechim izlab, ularni rozi qilish uchun harakat qilgan davlat xizmatchisigina o‘z lavozimida ishlashga haqli bo‘ladi.

Yuzma-yuz muloqot chog‘ida viloyat hokimiga murojaat qilgan 8 nafar fuqaroning muammosiga shu yerning o‘zida yechim topildi. 1-guruh nogironligi bor 2 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi topshirildi. 3 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga fuqarolik pasporti taqdim etildi. 

– Turmush o‘rtog‘im birinchi guruh nogironi. Ikkimiz yog‘ochdan turli xil mahsulotlar tayyorlab sotamiz, – deydi Ziyodullo Hamrayev. – Mehnatimiz mahsulini ko‘rib, viloyat hokimi muammolarimiz bilan qiziqdi. Dardimizni tinglagach, shu yerning o‘zida pultda boshqariladigan nogironlik aravachasi berildi. Uyimiz ta’mirlanadigan bo‘ldi. Ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizga rahmat. O‘z xalqiga bunday g‘amxo‘r davlat dunyoning hech bir yerida bo‘lmasa kerak.

Hududni obodonlashtirishga kirishilgan ilk kunda 85-oilaviy poliklinikada malakali shifokorlar bepul tibbiy ko‘rik tashkil etdi. Unda mahallada yashayotgan 1 ming 947 nafar aholining 1 ming 350 nafari bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularning 700 ga yaqinida turli darajadagi kasalliklar aniqlanib, davolanishi uchun yo‘llanma berildi. 83 nafar fuqaro vaksinatsiya qilindi. Mahallada shuningdek, arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. 

Shu kuni viloyat rahbari tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va aholi daromadini oshirish bo‘yicha belgilab olingan chora-tadbirlar bilan tanishib, bu vazifalarni muddatida sifatli bajarish uchun mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi. 

28.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar