2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi muammolari «xonadonbay» o‘rganilmoqda

Yurt obodligi, xalqimiz farovonligi, farzandlar ta’lim-tarbiyasi, oilalar mustahkamligi, inson qadrini ulug‘lashda mahalla institutining o‘rni beqiyos. Namangan viloyatida "Inson qadri uchun", degan g‘oyani amalga oshirishda belgilangan vazifalar ijrosiga kirishildi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Ahror Mansurov, tegishli tashkilotlar mutasaddilari, sektorlar mas’ullari ish faoliyatini viloyatning qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati, Aksu rayoni, Deres qishlog‘i bilan chegaradosh hududda joylashgan “Yangi hayot” mahallasini xonadonbay o‘rganishdan boshladi.  

Tuman hokimi rahbarligidagi birinchi sektorga qarashli “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 518 ta xonadon bo‘lib, 2 ming 781 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Mahallaning adirlik qismidagi M.Jamoliddinov, T.Mavlonov, “Yangi hayot” va “Adiblar” ko‘chalaridagi 240 ta xo‘jalikda 1 ming 390 nafar aholi yashaydi. Chegara hududida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha barcha tegishli, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida tuzilgan shtab ishga kirishdi. Ushbu shtab tomonidan yo‘l, suv, elektr, suyultirilgan gaz ta’minoti, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, aholi bandligini ta’minlash kabi muhim masalalar, murojaatlar tinglanadi. Yechimi yuzasidan kelgusidagi rejalar belgilab olinadi. Tuman tibbiyot birlashmasi, oilaviy poliklinikalar tomonidan aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.  

Ishchi guruh o‘rganishlarining ilk manzili hududdagi 42-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi. Maktab 180 o‘rinli bo‘lib, o‘quvchilar soni 156 nafarni tashkil etadi. Maktabning ma’lum qismi bog‘cha sifatida foydalanish uchun 30-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ixtiyoriga berilib, uning filialida 2 ta guruhda 50 nafarga yaqin bola tarbiyalanadi. Maktab va bog‘cha filialidagi sharoitlar, afsuski, ko‘ngildagidek emas. Ayniqsa, isitish tizimida bir qator muammolar bor. Kutubxonada badiiy adabiyotlar yetishmaydi. Fizika, kimyo, biologiya kabi tabiiy fanlar bo‘yicha o‘quv laboratoriya jihozlari yo‘q. Ayrim sinf xonalaridagi elektr jihozlari texnika xavfsizligi talablariga javob bermaydi. Bog‘cha filiali uchun ajratilgan xonalar sovuqligi uchun hozircha ishlamaydi.  

Fuqaro Inobat Normatova mas’ullarga ikki nafar farzandi borligi, kichik bolasini bog‘chaga joylashtirish, xonadonini suyultirilgan gaz balon bilan ta’minlash, o‘zi istiqomat qilayotgan “Yangi hayot” ko‘chasiga shag‘al yotqizish, qolaversa elektr simyog‘och o‘rnatilishiga amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. 

– Barcha rahbarlarning uyma-uy yurib, xalqni eshitayotganidan xursandmiz, – deydi mehnat faxriysi Enaxon To‘raboyeva. – Oilamiz bilan loviya, bodom kabi meva-sabzavotlar hosilidan har yili o‘rtacha 3-4 million so‘m daromad topamiz. Bu ko‘rsatkichni yanada oshirish uchun bizda suv muammosi yetishmasligi pand beradi. Ushbu masala hal etilsa, ko‘plab oilalarda daromad manbai yanada oshardi. 

Asalchi Sarvarjon Sodiqov 300 million so‘m kredit ajratilishida ko‘mak so‘radi. Tuman hokimi tadbirkorga Prezidentimiz qarori asosida imtiyozli kredit berilishi, buning uchun ixtisoslashgan tomorqa xo‘jaligi tashkil etishni taklif qildi. Reja amalga oshsa, hududda asalarichilikka qiziqqan xonadonlar ham kooperatsiya asosida asal yetishtirish ishlariga jalb etiladi. O‘rganishlar davomida o‘rtaga tashlangan har bir murojaatni belgilangan tartib va muddatlarda bajarish bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi.

Yangi hayot mahallasida o‘tgan yilda 431 million so‘m mablag‘ evaziga 350 metr masofaga temir quvur orqali toza ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. 600 metrda shag‘allash, 210 metr yo‘lda asfaltlash ishlari olib borildi. Joriy yilda ham obodonlashtirish borasida o‘z yechimini kutib turgan masalalar bor. Xususan, mahallaning adirlik qismida joylashgan to‘rtta ko‘chada jami 8 kilometr yo‘l mavjud bo‘lib, 800 metri shag‘allanishi, 2 kilometri asfalt qilinishi kerak.

 Joriy yilda 1,5 kilometr shag‘allash, 300 metr asfalt qilish rejalashtirilgan. Qolaversa, elektr energiyasi ta’minotidagi ayrim muammolarni bartaraf etish uchun 30 ta tayanch, bitta podstansiya o‘rnatilishi zarur. Ayni vaqtda 100 ta xo‘jalikda toza ichimlik suv muammosi yuzaga kelgan. Bu singari  muammolarni o‘rganish va ularni to‘liq bartaraf etish maqsadida shtab faoliyatining uzviyligi ta’minlanadi. Mazkur o‘rganishlar yil davomida Uychi tumanidagi barcha 56 ta mahalla fuqarolar yig‘inida “xonadonbay” asosida olib borilishi rejalashtirilgan.

11.01.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar