2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti parlament nazorati diqqat markazida

Toshkent viloyatida xalq deputatlari Chinoz va Oqqo‘rg‘on tuman kengashlarining sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Ularda hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni va aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish natijalari muhokama etildi.

Tadbirlarda parlament, davlat hokimiyati organlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Kun tartibi doirasida tumanlarni kompleks rivojlantirish, shuningdek aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar ijrosi yuzasidan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini ta’minlash choralari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Sessiyalarda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tumanlarda aholi bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqidagi axboroti eshitildi.

Xususan, Chinoz tumanida 2018 yilda aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturiga muvofiq 2 432 ta (68 %) ish o‘rni tashkil etilib, 2018-2019 yillarda qo‘shimcha 10,3 ming ish o‘rni yaratish bo‘yicha dastur ishlab chiqilishi belgilangan. Bunda ayniqsa hududga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish orqali yangi korxonalar tashkil etish, aholi, ayniqsa yoshlar orasida tadbirkorlikka qiziqishni oshirish va tumanda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish vositasida yangi ish o‘rinlarini ochishga urg‘u berilmoqda.

Dasturlarda nazarda tutilgan ish o‘rinlari to‘g‘risida aholini xabardor qilishda shaffoflik va oshkoralikni ta’minlash hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga aynan tumanlardagi ishsizlarni jalb etishga erishish maqsadida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalanish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Yana bir masala - tumandagi bo‘sh turgan binolar, qurilishi tugallanmagan ob'yektlar va foydalanilmayotgan yer maydonlari sessiyalar ishtirokchilari diqqat markazida bo‘ldi bo‘ldi. Xususan, Oqqo‘rg‘on tumanida 259 ta bo‘sh turgan bino va 35 ta foydalanilmayotgan yer maydonlari mavjudligi aniqlangan. Ular negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.  Bu borada mutasaddilar, xususan, mahalliy davlat hokimiyati idoralari, bank-moliya muassasalariga yuqorida tilga olingan ob'yektlarni “nol” qiymatida investitsiya kiritish sharti bilan ishbilarmonlarga berish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Tumanlarda kommunal xizmat ko‘rsatish, jumladan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati haqidagi masalaga ham alohida urg‘u berildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining axboroti eshitildi. Jumladan, Chinoz tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining 40 foizi haligacha bajarilmaganligi, shuningdek hududda 2018 yilda  ko‘p qavatli  uylarni  ta’mirlash  dasturini amalga oshirish uchun 15,7 mlrd. so‘m (rejaga nisbatan 107%) kredit mablag‘lari ajratilgan bo‘lishiga qaramasdan, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning 42 foizi bajarilmaganligi ta’kidlanib, bu o‘z nabatida   aholining ko‘plab e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

Bu yo‘nalishda Chinoz va Oqqo‘rg‘on tumanlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar berildi. 

 Shuningdek, tuman deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018 yil 13 avgustdagi to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solishga oid qarori ijrosi ko‘rib chiqdi. 

Sessiyalarda muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

03.10.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar