2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Kam taʼminlangan oilalarga uy berildi

Qarshi shahrida kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 72 oilaga yangi xonadonlar kaliti topshirildi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimligi, keng jamoatchilik vakillari, yangi xonadon sohiblari va ularning yaqinlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini himoya qilish, ularni munosib ish oʻrni va uy-joy bilan taʼminlash masalalari yangi bosqichga koʻtarilgani taʼkidlandi. 

1.jpg

 

– Moddiy sharoitimiz yaxshi emasligi bois 10 yildan ortiq ijarada yashashga majbur boʻldik, – deydi Qarshi shahridan Madhiya Tohirova. – Taqdir sinovi achchiq keldi, 4 oy oldin turmush oʻrtogʻim olamdan oʻtdi. Birgina farzandim bilan yolgʻiz, boshpanasiz qoldim. Roʻzgʻordan orttirib, uy qurishga imkonim yoʻq edi. Davlatimiz tomonidan uy-joyga, ijtimoiy koʻmakka muhtojlarga yordam berilayotganini eshitib, hokimiyatga murojaat qildim. Mutasaddilar oilaviy sharoitimni oʻrgandi. Nihoyat, mana bugun Qarshi shahridagi Shayxali mahallasi hududida qurib bitkazilgan koʻp qavatli uyda oʻz xonadonimizga ega boʻldik. Bu yerda farzandim bilan baxtli hayot kechiramiz. 

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Qarshi shahri Shayxali mahallasida joylashgan eski koʻp qavatli binodan ancha vaqtdan buyon foydalanilmayotgan edi. Mahalliy hokimlik byudjetidan 4 milliard 600 million soʻm mablagʻ ajratilib, ushbu binoda kapital qurilish ishlari amalga oshirildi. 72 oilaning quvonchiga sabab boʻlgan bu uy 2 va 1 xonali xonadonlardan iborat. Mazkur koʻp qavatli uy yonida turgan boshqa eski binodan ham keyinchalik samarali foydalanish maqsad qilingan. Uning negizida tikuvchilik sexi tashkil etiladi. Ushbu sexda esa yangi uyda yashovchi xotin-qizlar ish bilan band boʻladi. Shuningdek, shu hududdan yer ajratilib, issiqxona barpo etish koʻzda tutilgan. Uning ishchilari ham yangi xonadonlar vakillari boʻladi. 

Tadbir doirasida 30 nafar nogironligi bor shaxsga maxsus aravachalar ham topshirildi. 

 

4.jpg

 

7.jpg

Oʻlmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), OʻzA

26.09.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar