Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Hududlar qiyofasi o‘zgarmoqda, ish qizg‘in!

Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi «Guliston» mahalla fuqarolar yig‘inida «Obod mahalla» dasturi doirasida qator obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bugungi kunga qadar qizg‘in davom etmoqda.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev boshchiligidagi Ishchi guruh tomonidan ushbu mahalla hududi bo‘yicha aniq belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlanmoqda.

Jumladan, yo‘l-transport infratuzilmasini takomillashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini yanada yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar natijasida hudud butunlay yangi qiyofa kasb etdi.

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratildi. Buning uchun ichimlik suvini o‘tkazishga mo‘ljallangan 2,6 km.likpoliyetilen trubalar mahalla hududiga tortib keltirildi. Mahallaning 9,2 km.lik ichki ko‘chalariga to‘liq asfalt yotqizildi. Barcha ko‘chalarda piyodalar yo‘lakchasi qurilib, eski simyog‘ochlar o‘rniga beton ustunlar va zamonaviy tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Mahalla markazida zamonaviy bolalar sport maydoncha qad rostladi.

«Guliston» mahallasidagi barcha oilalar, xususan, markazdan olisroqda joylashgan xonadonlarga 5,1 km.lik yangi elektr tarmog‘i tortilib, zamonaviy transformator o‘rnatildi. Shuningdek, mavjud gaz tarmoqlari qaytadan modernizatsiya qilinib, 8 ta gaz taqsimlash punktlarini qurildi.

bugungi kunga qadar mahalladagi 48 ta xonadon va ularga tegishli uy-joy va qo‘shimcha xo‘jalik binolari qayta ta’mirlandi.

«Guliston» mahallasidagi bu kabi qurilish va obodonlashtirish ishlari ayni vaqtda qizg‘in davom etmoqda.

Belgilangan rejaga muvofiq, tez fursatda mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishsiz fuqarolar yashaydigan 24 ta xonadonning har biriga 4-6 sotixli issiqxona tashkil etiladi.

Taklif va tashabbuslar natijasida 35 ta xonadon a’zolarining chorvachilik va parrandachilik, 74 tasida tikuvchilik bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

11.10.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar