
«Mahalla» xayriya jamoat fond tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan xayriya tadbirlari soni yanada oshmoqda.
Fond tashabbusi bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, nuroniylar, nogironligi bor oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
– 9 ming nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 1 milliard so‘mdan ziyod xayriya yordamlari ko‘rsatildi, – deydi fond respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari S.Karimov. – Bundan tashqari, «Mehribonlik», «Muruvvat» va «Saxovat» uylarida istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizga 122 million so‘mlik sovg‘alar ulashildi. Xayriya ishlarini bundan keyin davom ettirish, yaqinlashib kelayotgan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab respublikamizdagi barcha «Mehribonlik uylari» tarbiyalanuvchilari holidan xabar olishni rejalashtirganmiz.
Ta’kidlash kerak, «Mahalla» xayriya jamoat fondi Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab ham katta xayriya loyihalarini amalga oshirgan edi. 9 may sanasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlarda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oilalariga 248 million so‘mlik xayriya yordamlari ko‘rsatilgan edi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |