
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari – vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori – Bahodir Yusupaliyev Jizzax shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbarlari, mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan sayyor qabulda Jizzax shahri va Sharof Rashidov tuman aholisining tibbiy xizmat ko‘rsatish muassasalari faoliyatini yaxshilash, davolanish bilan bog‘liq masalalardagi murojaatlari tinglandi.
– Yurak kasalligi bilan Toshkentdagi markaziy muassasalarda davolanishga muhtojman, – dedi Jizzax shahar Obod mahallasida yashovchi, birinchi guruh nogironi Ro‘zimurod Nurmatov. – Vazir o‘rinbosari murojaatimni tinglab, menga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida bepul davolanishim uchun yo‘llanma berilishini aytdi. Endi davolanishni boshlayman.
Shuningdek, sayyor qabul davomida Sharof Rashidov tumanining “Sharilloq” mahallasida yangi oilaviy poliklinika qurish, oldin yopilgan QVPlarni qayta ochish bo‘yicha murojaatlarni o‘rganib, ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Sayyor qabulda 30 nafarga yaqin fuqaroning sog‘lig‘i va tibbiyotga oid murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning qariyb 95 foizi aholining sog‘lig‘i bilan bog‘liq masalalarda bo‘ldi. Bemorlarning ahvoliga qarab may-iyun oylari davomida bepul davolanish uchun viloyat va respublika tibbiyot muassasalariga yo‘llanmalar taqdim etish tegishli mas’ullarga topshirildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |