
Hududlarda aholining ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga qamrab olgan holda muammolarini bartaraf etish tizimi o‘z samarasini bermoqda.
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida 60 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, bugungi kunda tuman aholisi 274 ming 500 nafarni tashkil qiladi.
Tumanda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 3 ming 620 nafarni tashkil etadi va ularning 9 foizi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. Ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash yuzasidan manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularga yer ajratish, subsidiyalar berish orqali ko‘plab yoshlarning ish bilan ta’minlanishiga erishildi. Natijada joriy yilning 1-choragida 1 ming 101 nafar yoshni “Yoshlar daftari”dan chiqarishga erishildi.
Ta’kidlash lozimki, tumanida “Ayollar daftari”ga 1 ming 558 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, bugungi kunda tuman Bandlikka ko‘maklashuvchi markaz bilan birgalikda “Ayollar daftari”dagi rejada bo‘lgan 343 nafar xotin-qizdan 107 nafari jamoatchilik asosida ishga joylashtirilgan.
Ishsiz xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash maqsadida tuman hokimi tashabbusi bilan 54 nafar “Ayollar daftari”ga va 84 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan jami 138 nafar xotin-qizga bepul tikuv mashinalari berildi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga 12 dona elektr payvandlash, 3 dona qurilishda ishlatiladigan anjomlar va 6 dona motokultivartor ham ajratildi.
– Berilgan bu imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanib, o‘z xonadonimda tikuvchilik faoliyatini boshlayman, – deydi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan S.Abdusoatova.
– Dastlab xotin-qizlar uchun bepul tashkil etilgan tikuvchilik o‘quv markazida ikki oy davomida o‘qiyman. Tikuv mashina bo‘lsa, mana endi bor. Shundan so‘ng buyurtma asosida tikuvchilik hunarini davom ettirib o‘z-o‘zimni band qilishni maqsad qilganman.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |