
Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari Zokirjon Xolmuhamedov Surxondaryo viloyatining Sherobod va Denov tumanlarida sayyor qabul o‘tkazdi.
Xalq bilan yuzma-yuz muloqot chog‘ida ko‘rib chiqilgan aholi murojaatlarining asosiy qismini sud qarorlari ijrosini ta’minlash, aliment qarzdorligini undirish bilan bog‘liq masalalar tashkil etdi.
Sayyor qabullarda o‘ttizdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ularning 13 tasi shu kunning o‘zida hal etildi. Jumladan, Denov tumanilik Akmaljon Maqsudov bir yil avval tumandan 22 ming 500 AQSH dollariga uy sotib olgani biroq, sud qarori bo‘lsada uyni sotgan Tansuk Sharipova va uning qarindoshlari uni bo‘shatib bermayotganini ma’lum qildi. Sud qarorining ijrosini ta’minlash va qonuniy uyiga egalik qilishiga yordam berishni so‘radi. Murojaat joyida o‘rganib chiqilib, majburiy ijro harakatlari tayinlandi. Shu kunning o‘zida Akmaljon Maqsudovning huquqlari tiklanib, uy-joyi olib berildi.
Ochiq muloqot chog‘ida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, shuningdek, aliment undirish masalasida murojaat etgan oilalardan uchtasi yarashish istagini bildirdi.
Sayyor qabullarda yechimi vaqt talab etadigan qator murojaatlarni qo‘shimcha o‘rganib chiqish va hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qatiy nazoratga olindi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |