Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Jizzaxda sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabullar o‘tkazilmoqda

Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.Islomov rahbarligidagi respublika ishchi guruhi sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabullar o‘tkazmoqda.

Mintaqaviy tartibda tashkil etilgan sayyor qabullar Mirzacho‘l tumanidan boshlandi. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari I.Muslimov Mirzacho‘l, Do‘stlik va Arnasoy tumanlaridan 60 nafar fuqaro qabul qilindi.

Sayyor qabulda jinoyat ishlari bo‘yicha 44 ta, fuqarolik ishlariga oid 11 ta, ma’muriy ishlar bo‘yicha 2 ta, iqtisodiy ishlarga doir 3 ta murojaat bo‘ldi. Shundan 57 ta fuqaroning og‘zaki murojaati, 3 ta fuqaroning yozma murojaati qabul qilindi.

Jami murojaatlarning 36 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 21 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. 3 ta murojaat bo‘yicha ariza Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qilish uchun qabul qilinib, tegishli sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.

Qabul davomida sayyor sud majlislari o‘tkazilib, 8 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi. 10 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ish sud majlisida ko‘rilib, arizalar qanoatlantirildi.

Shuningdek, taraflar yarashganligi sababli 2 ta aliment undirish haqidagi sud buyruqlari bekor qilindi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudi tomonidan taraflar yarashganligi va da’vogar da’vosidan voz kechganligi sababli merosdan ulushini undirish haqidagi fuqarolik ishi yuritishdan tugatildi.

Qabulda muammolari hal bo‘lgan 15 nafar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yozma tashakkurnoma bildirdi.

Shu tarkibdagi ishchi guruh tomonidan sayyor qabullar Paxtakor va Zafarobod tumanlari aholisi uchun Paxtakor shaharchasida, Baxmal va G‘allaorol tumanlari aholisi uchun O‘smat shaharchasida, Jizzax shahri, Forish va Sharof Rashidov tumanlari aholisi uchun Jizzax shahrida tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga asosan sud-huquq masalalari bo‘yicha o‘tkazilayotgan sayyor qabullar davom etayotir.

10.04.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar