Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Konimexlik yoshlar endi chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 27 yanvar kuni “Yoshlar uchun ish o‘rni yaratish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish” masalalariga bag‘ishlab o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlariga asosan, Navoiy viloyatida viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Bandlik boshqarmasi, tijorat banklari bilan hamkorlikda amaliy ishlar boshlangan.

Xususan, Konimex tumanining olis cho‘l hududlaridan biri bo‘lgan “Sarjal” OFYdagi ishsiz 18 nafar yigit-qiz bandligini ta’minlash maqsadida 15 boshdan mayda shoxli mol berildi. Imtiyozli kredit asosida berilayotgan bu imkoniyat yoshlarning chorvachilik sohasidagi ilk qadamlari bo‘ldi.  

– Men “Sarjal” OFY qarashli “Teriquduq” ovulida yashayman, – deydi Yerjan Asanov. – Men ham bugun tengdoshlarim qatori naslli qo‘y oldim. Niyatim, o‘z chorvachilik faoliyatimni kengaytirib, yurtim ravnaqiga beminnat hissa qo‘shishdir.

Shuningdek, tuman hokimligi tomonidan konimexlik 16 nafar yoshni ish bilan band qilish, aholi dasturxoni to‘kinligini ta’minlash maqsadida 50 sotixdan 1 yil muddatga foydalanish uchun yer maydonlari ajratildi.

Yoshlarga joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir qator loyihalar va tashabbuslar, yerdan samarali foydalanish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

27.02.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar