2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Xalq davlat idoralariga emas davlat idoralari xalqqa xizmat qilish kerak”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasidan soʻng mamlakatimizni rivojlantirishning strategik yoʻnalishlari hamda ustuvor vazifalari belgilab berildi.

Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.Narbayevaning navbatdagi topshiriq xatida joylarda Murojaatnoma mazmun-mohiyatini targʻib etish hamda hududiy dasturlarni tayyorlash masalalari yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarini oʻtkazish boʻyicha ish reja ishlab chiqilib, kun tartibi tasdiqlab olindi.

Bundan tashqari, topshiriq xatiga asosan, “Xalq davlat idoralariga emas davlat idoralari xalqqa xizmat qilish kerak” shiori ostida joriy yilning 11-15-yanvar kunlari Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Q. Burxanov hamda senator M. Qodirxanova aholi orasida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlab tegishli choralar koʻrish maqsadida hududlarda oʻrganish ishlarini olib bormoqda.

Ishchi guruh dastlab, viloyat hokimligida Senatga moddiy yordam, ishga joylashish, uy-joy, kommunal xizmati, elektr tarmoqlaridagi qisqa uzilishlar hamda ichimlik suvi bilan bogʻliq murojaatlarni yoʻllagan fuqarolar bilan uchrashdi.

Sayyor qabul davomida Bekobod tumanida istiqomat qilib kelayotgan N.Sariboyevaning murojaati oʻrganilar ekan, ancha yillardan buyon qiynab kelayotgan bu muammoga yechim topildi. 4 nafar farzandini (bir nafari nogiron) yolgʻiz boqayotgan ona imtiyozli ipoteka krediti asosida uy-joy bilan taʼminlandi.

Shuningdek, aholidan kelib tushgan murojaatlarni joyida hal etish borasida aniq va tezkor choralar koʻrildi. Yechimi maʼlum vaqt talab etiladigan murojaatlar boʻyicha tegishli tashkilotlarga koʻrsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

15.01.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони1 Avgust 202414 Avgust 2024Andijon viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar