Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasidan soʻng mamlakatimizni rivojlantirishning strategik yoʻnalishlari hamda ustuvor vazifalari belgilab berildi.
Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.Narbayevaning navbatdagi topshiriq xatida joylarda Murojaatnoma mazmun-mohiyatini targʻib etish hamda hududiy dasturlarni tayyorlash masalalari yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarini oʻtkazish boʻyicha ish reja ishlab chiqilib, kun tartibi tasdiqlab olindi.
Bundan tashqari, topshiriq xatiga asosan, “Xalq davlat idoralariga emas davlat idoralari xalqqa xizmat qilish kerak” shiori ostida joriy yilning 11-15-yanvar kunlari Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Q. Burxanov hamda senator M. Qodirxanova aholi orasida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlab tegishli choralar koʻrish maqsadida hududlarda oʻrganish ishlarini olib bormoqda.
Ishchi guruh dastlab, viloyat hokimligida Senatga moddiy yordam, ishga joylashish, uy-joy, kommunal xizmati, elektr tarmoqlaridagi qisqa uzilishlar hamda ichimlik suvi bilan bogʻliq murojaatlarni yoʻllagan fuqarolar bilan uchrashdi.
Sayyor qabul davomida Bekobod tumanida istiqomat qilib kelayotgan N.Sariboyevaning murojaati oʻrganilar ekan, ancha yillardan buyon qiynab kelayotgan bu muammoga yechim topildi. 4 nafar farzandini (bir nafari nogiron) yolgʻiz boqayotgan ona imtiyozli ipoteka krediti asosida uy-joy bilan taʼminlandi.
Shuningdek, aholidan kelib tushgan murojaatlarni joyida hal etish borasida aniq va tezkor choralar koʻrildi. Yechimi maʼlum vaqt talab etiladigan murojaatlar boʻyicha tegishli tashkilotlarga koʻrsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |