
Yurtimizda Yangi yil bayrami shukuhi hukmron. Ayniqsa, jajji bolajonlarimizning quvonchi bir olam.
Pandemiya ularni zeriktirgan chog‘i ko‘zlaridan, chehrasidan shodiyonaga intiqlikni ko‘rish mumkin. Ayniqsa, Prezidentimizning Yangi yil bayrami sovg‘alarini olayotgan bolalar shodligining chegarasi yo‘q.
Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahridagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida bo‘lib, bayram bilan bolajonlar hamda jamoani tabrikladi.
-Bolajonlarimiz sog‘-omon, umrlari uzoq bo‘lsin, - dedi viloyat rahbari. - Kunlik, soatlik savobli mehnat qilayotgan tarbiyachilarga katta rahmat. Bolalarga mehr berib, har birini ardoqlab, oq yuvib, oq tarab, chiroyli tarbiyalab kelayotganlaringizning o‘zi jasorat, matonatdir. Savobli ishlaringizning ajrini bersin. Doimo sog‘-salomat bo‘linglar. Yangi yil bayrami barchalaringizga muborak bo‘lsin.
Samimiy bayram tilaklari bildirilib, Prezidentimizning Yangi yil sovg‘alari bolajonlarga topshirildi.
bugungi kunda mazkur maskanda 4 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 141 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar tarbiyalanmoqda, Ularni har birining dunyosi o‘zgacha. Yuzidan, ko‘zidan, imo-ishorasidan fikrini uqib olish kerak.
Bu yerda imkoniyati cheklangani uchun sog‘lom bolalar kabi so‘zlash, yozish, harakatlanish kabi ko‘nikmalarni yetarli o‘zlashtira olmaydigan bolalarning tibbiy, ijtimoiy muhofazasi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bolalar mo‘’jizalar kutib yashaydi. Shu kuni bayram tadbirida Qorbobo va qorqiz, sevimli ertak va multfilm qahramonlari jam bo‘ldi. Yangi yil dasturxoni atrofida ijro etilgan she’r, kuy – qo‘shiq, raqslar guldastasi bayram tadbiriga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |