2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bayram bayramlarga ulanmoqda

Xalqimiz Mustaqillik bayrami shodiyonalari nafasi bilan yashayotgan shu kunlarda Andijon viloyatida 293 nafar fuqaro yangi uy sohibiga aylandi.

Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i amfiteatrida bo‘lib o‘tgan tadbirda jismoniy imkoniyati cheklangan, og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan, uy-joyga muhtoj fuqarolarga Andijon shahrining “Sanoat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qad rostlagan uylarning kaliti tantanali ravishda topshirildi. 

Tadbirda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda odamlarning og‘irini yengil qilish, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga ko‘maklashish, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalar, nogiron, og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan ayollarni ijtimoiy muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

Davlatimiz rahbari joriy yil 19-20 may kunlari viloyatga tashrifi chog‘ida og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj ayollarni uy-joy bilan ta’minlash borasida bir qator topshiriqlar bergan edi. Ana shu vazifalar ijrosi doirasida viloyatda ro‘yxatda turgan hamda Prezidentimizning Virtual va Xalq qabulxonalariga murojaat qilgan nogironligi bor, og‘ir ijtimoiy sharoitga tushib qolgan, yakka-yolg‘iz yashayotgan 368 nafar ayolni uy-joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan. 

Ta’lim muassasalarining foydalanilmay turgan yotoqxonalarini moslashtirish, qayta ta’mirlash hisobidan ana shu toifadagi 320 nafar ayolni uy-joy bilan ta’minlash, 26 nafar ayolga tuman va shaharlar hokimliklari tomonidan boshlang‘ich to‘lovni to‘lab berish, 30 nafar qiyin sharoitda yashayotgan ayolga esa tuman va shahar hokimliklari tomonidan beminnat uy qurib berish va ularning barchasini joriy yil oxiriga qadar egalariga topshirish belgilangan. Bugungi kunda bu boradagi ishlar tizimli va reja asosida olib borilmoqda. Ayni kunda tuman va shahar hokimliklari tomonidan 26 ta uy-joy uchun boshlang‘ich badal to‘lovlari to‘lab berildi, 30 ta uy-joy qurilishi davom etmoqda. 

Joriy yil iyul oyida kasb-hunar kollejlari yotoqxonalarini moslashtirib, qayta qurish hisobiga Bo‘z tumanidan 8 nafar, Marhamat tumanidan 19 nafar fuqaro uyli bo‘ldi. 

– Uyimiz bo‘lmaganidan bir necha yil qizim bilan birovlarning xonadonida yashab yurdik, – deydi Marhamat tumani Ershi mahallasida yashovchi I guruh nogironi Ziyoda Mirzaqulova. – Uy-joy qilishga imkonim umuman yo‘q edi. Bir yarim yil avval Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalq qabulxonasiga uy-joy so‘rab murojaat qildim. Ochig‘i, o‘shanda uy-joy berishlariga unchalik ham ishonmagan edim. Bugun esa mendan baxtiyor inson yo‘q. Chunki, menga bir xonali uy berildi. Endi o‘z uyim bor, kimningdir oldida xijolat bo‘lmay, xotirjam yashay olaman. Hatto, yaqinlarim ko‘rsatmagan bunday yaxshilikdan, davlatimizning e’tibor va g‘amxo‘rligidan yashashga ishtiyoqim, davlatimizga, yaxshi insonlarga ishonchim ming chandon ortdi. Qiynalib yashayotgan men kabi ayollar holidan xabar olib, ularning mushkulini oson qilayotgan insonlar, mana shunday xayrli ishlar boshida turgan Prezidentimizdan juda minnatdorman. 

“Obod mahalla” dasturi ijrosi doirasida Andijon shahridagi uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xo‘jaobod tumani “Qozoq” massivi “Xidirsha” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 81 uy qurilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu mavzeda namunaviy loyiha asosida yana 40 ta uy qurilmoqda. Bundan tashqari, Andijon shahrida yashovchi 3 nafar keksa ayolga ko‘p qavatli uylardan bepul kvartiralar olib berildi. 

Uy-joyga aylantirilayotgan sobiq yotoqxona binolarini rekonstruksiya qilish, moslashtirish jarayonida u yerda yashovchilarning bandligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Xonobod shahri, Asaka, Buloqboshi, Bo‘z, Jalaquduq, Izboskan, Oltinko‘l, Shahrixon, Marhamat tumanlaridagi ana shunday binolarning birinchi qavatida 230 ish o‘rniga ega tikuv-trikotaj va boshqa yo‘nalishlardagi sexlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. 

Andijon shahridagi “Sanoat”, Oltinko‘l tumanidagi “Ittifoq”, Asaka tumanidagi “Obod” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi sobiq yotoqxona binolari rekonstruksiya qilinib, uy-joyga aylantirildi. Keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlarda uy-joyga muhtoj, kam ta’minlangan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan hamda nogironligi bo‘lgan 293 nafar fuqaroga yangi uylar kaliti tantanali ravishda topshirildi. 

– Har bir insonning o‘z uyi bo‘lgani yaxshi, – deydi yangi uy sohibasi Andijon tumani “Otchopar” mahalla fuqarolar yig‘ini Uzunko‘cha ko‘chasida yashovchi, I guruh nogironi Marg‘ubaxon Oqbo‘tayeva. – O‘g‘lim Sardorbek bilan nafaqa hisobiga yashaymiz. O‘z uyimiz yo‘qligidan ancha qiynaldik. Prezidentimizning e’tibori tufayli bizga Andijon shahridagi “Sanoat” mahallasidan bir xonali uy berildi. Bundan ayniqsa, bolaginamning shodligini ko‘rsangiz edi, ko‘zlaringizga yosh keladi. Inson sha’ni, qadr-qimmati ulug‘lanadigan tabarruk yurt fuqarosi ekanimdan faxrlanaman. 

Yangi uy sohibiga aylangan Andijon tumani Chem mahallasida yashovchi Muhayyo Ortiqova, Shahrixon tumani Qashqar mahallasida yashovchi Donoxon Karimova, Asaka tumani Uchtosh mahallasidan Olmaxon Yusupova, Oltinko‘l tumani Safarobodmahallasidan Muxlisa Rahimova singari jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar ham Prezidentimiz tomonidan ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun o‘z minnatdorliklarinibildirdi. 

Umuman, 2018 yil oxiriga qadar viloyatda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bo‘lgan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 500 nafar fuqaro uy-joy bilan ta’minlanadi. 

Yangi uy-joylarni topshirishga bag‘ishlangan tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudoyberganov, Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov ishtirok etdi. 
 

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat) O‘zA

23.08.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar