Andijon viloyatida sharoiti og‘ir va rivojlanishi past hudud sifatida tanlab olingan mahallalarda keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 fevral kuni hududlardagi bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Orol dengizining qurigan joyiga borib, vaziyatni ko‘rdi.
Xalq bilan muloqot xalqchil siyosatning eng muhim ustuvor yo‘nalishidir. Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘zi saylangan okruglarda bo‘lib, aholi bilan muloqot qilmoqda, ularning muammolarini, murojaatlarini tinglab, shu asosda muayyan chora-tadbirlarni ko‘rishmoqda.
Kambag‘allikni qisqartirish masalasi bugungi islohotlarning asosini tashkil etadi. Chunki ushbu muammoning hal etilishi mamlakatimiz iqtisodiyoti va xalqimiz farovon hayotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan viloyatdagi to‘rtta sektor rahbarilarining 2021 yilda amalga oshirgan ishlari haqidagi hisoboti eshitilib, ma’lumot uchun qabul qilindi.
Buxoro viloyatining 544 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari tomonidan aholi turmush darajasini yuksaltirish maqsadida asosiy drayver yo‘nalishlar belgilab olingan.
Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar, bevosita Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar, uyma-uy yurish jarayonlari, olis va chekka hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar qurilish, ichimlik suv, elektr-energiyasi, tabiiy gaz ta’minoti, ichki yo‘llar masalalarida yechimini kutayotgan muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish, hududda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Erkin Narmanov Qumqo‘rg‘on tumanidagi Hunarmandlar mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |