Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Nukus shahrining chekka hududlaridagi aholi sharoiti o‘rganilib, murojaatlari hal etilmoqda

Fuqarolarning muammolarini hududlarga chiqib o‘rganish sinalgan usullardan bo‘lib, jamiyat va xalq farovonligi yo‘lida keng samara bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay O‘rinboyev Nukus shahrining chekka hududlaridagi aholi bilan uchrashib, ularning talab va takliflariga quloq tutdi. Xususan shunday hududlardan biri bo‘lgan «Bestөbe» MFY fuqarolari bilan uchrashib, ularning turmushida uchrayotgan muammolarini tingladi, aholining yashash sharoitini o‘rgandi.

Jo‘qorg‘i Kenges Raisi hududda istiqomad qiluvchi Dilbar Sarsenbayeva, Gulara Qarjaubayeva, Zavrexan Yeshimova, Jaras Bodыmanov hamda boshqa fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib,  ularga televizor, muzlatgich, oziq-ovqat mahsulotlarini ulashdi.  Shuningdek,  qo‘shimcha sovg‘alar topshirib, fuqarolarning uy-joylarini ta’mirlash uchun yordam berish, ya’ni uy tomlarini yopish,  isitish tizimini o‘rnatish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.  

Amanbay O‘rinboyevning aholi turmush tarzini o‘rganish, muammolarini bartaraf etish bo‘yicha hududlarga chiqishlari davom etadi,  deya xabar beradi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Axborot xizmati.

04.12.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar