2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Respublika rahbarlarining qishloqlarda yotib ishlashi qanday samara bermoqda?

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi vazirlik va idora rahbarlaridan iborat Respublika ishchi guruhi a’zolari tajriba sifatida tanlangan sharoiti og‘ir Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Respublika ishchi guruhi mas’ullari bevosita chekka hududlardagi qishloqlarda tunab, o‘sha yerda mahalla faollari va oqsoqollari bilan maslahatlashgan holda ko‘p yillik muammolarga yechim topmoqqda. Shu kunga qadar Oqqo‘rg‘on tumanining 27 ta mahallasida 12 mingdan ziyod xonadon, 350 ta ijtimoiy soha obyekti bevosita joyida o‘rganilib, jami 3 315 ta muammo aniqlandi. Ularning 914 tasi joyida hal etildi, 2 401 ta masala bo‘yicha hal etish chora-tadbirlari belgilandi.

Jumladan, uyma-uy yurish natijasida aniqlangan og‘ir sharoitdagi, boquvchisini yo‘qotgan 46 ta ijtimoiy qiyin ahvoldagi oilaning homiylik asosida ta’mirlash hamda issiqlik ta’minotini yangilash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, tibbiy ko‘rikda turli kasalliklar aniqlangan 754 nafar fuqarodan 100 nafari shifoxonalarga yotqizildi, 654 nafariga malakali mutaxassislar tomonidan ambulator sharoitda davolanish tavsiya etilib, kerakli dori-darmonlar yetkazildi. “Suti” mahallasida yashovchi ehtiyojmand fuqaro M.E.ning bosh qismidagi o‘smasimon hosilasi shifokorlar guruhi tomonidan yuqori texnologik operatsiya o‘tkazilishi natijasida to‘liq bartaraf etildi.

“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida tumannig 43 nafar fuqarosiga 1 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Mikrokreditbank” tomonidan 19 nafar fuqaroga 382,2 mln so‘m kredit berildi.

Moliya vazirligi tomonidan tumandagi ijtimoiy soha obyektlariga – maktabgacha ta’lim tashkilotlari va tibbiyot birlashmasiga joriy ta’mirlash va zaur uskunalarni xarid qilish uchun qo‘shimcha 1,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan 78-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatiga 4 turdagi sport anjomlari yetkazildi.

Tumandagi yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari hamda infratuzilma holatigi alohida e’tibor qaratilmoqda. Ichki yo‘llarning jami 5 km qismi shag‘allashtirildi. Shundan, “Hosildor”, “Madaniyat”, “Xamzaobod” va “Navbahor” mahallalarida 2,1 km yo‘lga shag‘al yotqizildi. 540 metr yo‘l betonlashtirildi. Jumladan, “Madaniyat” mahallasida 50 metr, “Qo‘shtepa” mahallasida 120 metr yo‘lga beton yotqizildi.

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 133 ta temir beton tayanchlar o‘rnatildi. Shundan, “Jag‘alboyli” mahallasida 57 ta, “Madaniyat” mahallasida 41 ta, “Xosildor” mahallasida 35 ta tayanchlar yangilandi. Ishlar davom ettirilmoqda.

02.12.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar