2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mehr va e’tibordan munavvar dillar

Ezgulik, mehr-oqibat insonparvarlikka xos fazilatlardan. Keyingi yillarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab- quvvatlash, mehr- muruvvat ko‘rsatish, kundalik hayot tarzi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratib berish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar yanada kengaydi, yangi tashabbuslar quloch yoydi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona bo‘limi boshqaruvi, shahar va tuman bo‘linmalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, nogironlarga har tomonlama mehr-saxovat ko‘rsatib kelinmoqda.  

Marg‘ilon shahar “Toshloqtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini Shohimardon ko‘chasida yashovchi Marhabo Davronova bolalikdan nogiron bo‘lib, yura olmaydi, o‘zgalar parvarishiga muhtoj. Otasi olamdan o‘tgan, onasi Nigoraxon Asqarova “Ayollar daftari”da turadi, 4 nafar farzandi bor.  

Mehr-saxovat tadbirlari doirasida bu xonadonda bo‘lgan mutasaddilar Marhaboxonga nogironlik aravasi va oziq-ovqat to‘plamlari olib kelishdi.

– Ming shukurki yaxshilar mehrini his qilib yashayapmiz,– deydi Nigora Aqsarova. – Qizimga nogironlik aravasi berilgani yanada yaxshi bo‘ldi. Endi u ham boshqalar qatori ko‘chalarga chiqib sayr qilish, tengqurlari bilan hamsuhbat bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Hammasi uchun katta rahmat.  

Farg‘ona tumanidagi “Dilkusho” mahalla fuqarolar yig‘ini Yangi turmush ko‘chasida umrguzaronlik qilayotgan birinchi guruh nogironi Abduraim ota Zaripov xonadonida 14 kishi yashaydi. Ko‘p bolali oila ijtimoiy himoya muhtojlar ro‘yxatida turadi. Bu oila holidan xabar olgan “Mahalla” xayriya jamoat fondi mutasaddilari nogironlik aravachasi va yetti turdagi oziq-ovqat jamlanmalarini olib borishdi.  

“Log‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini Turon ko‘chasida yashovchi Masturxon Mo‘sinovaning qizi Oyshabonu tug‘ma nogiron. Mushfiq ona farzand tarbiyasi bilan andarmon. Bu oilaga ham maxsus aravacha tuhfa qilindi.  

– Mehr-saxovat amallariga boy bo‘lgan bunday xayrli tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlari, mehnat jamoalarida katta uyushqoqlik, hamjihatlik bilan o‘tkazilmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi raisi Bahodirjon Yulbarsov. – Joriy yilning shu kuniga qadar 14 nafar fuqarolarga nogironlik aravachasi olib berildi, 58 nafar fuqaroning bandligini ta’minlash maqsadida 23 million 300 ming so‘mlik tikuv mashina va boshqa maishiy-texnika vositalari olib berilgan bo‘lsa, 1 ming 27 nafar fuqarolarga 152 million 357 ming so‘mlik kundalik iste’mol mahsulotlari yetkazib berildi, 409 nafar fuqarolarga umumiy qiymati 345 million 400 ming so‘mlik bir martalik moddiy yordam pullari ajratildi. Joylarda bo‘lib o‘tayotgan ko‘ngilochar bayram tadbirlari dillarga quvonch va shodlik ulashmoqda.  

06.12.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар дастурлари асосида (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar