Bugungi kunda davlat idoralari rahbarlarining xalq ichiga kirib borishi, fuqarolarning kundalik hayotdagi mavjud muammolariga qonun doirasida yechim topib, amaliy yordam ko‘rsatishi, huquq va manfaatlarini himoya qilib, adolat mezonini qaror toptirishi e’tibordagi muhim vazifalaridan biriga aylandi.
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”. Ushbu ulug‘vor g‘oyani so‘zsiz amalga oshirish maqsadida mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilganiga ertaga roppa-rosa bir yil to‘ladi.
Chinoz tumanidagi “Tong yulduzi” mahalla fuqarolar yig‘ini o‘zgacha qiyofa kasb etdi. “Obod qishloq” dasturi doirasida bu erda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bajarildi. Yo‘llari asfalьtlandi, yangi turarjoylar va madaniy-maishiy ob’ektlar foydalanishga topshirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi
“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Obod qishloq” dasturi doirasida Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi “Cho‘ya”, Uchquduq tumanidagi “Qulquduq”, Tomdi tumanidagi “O‘tamurod” qishloqlari yangidan qiyofa kasb etib foydalanishga topshirildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan “Obod qishloq” dasturi doirasida Andijon viloyatidagi 50 qishloqda keng koʻlamli qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Buning uchun qariyb 444,7 milliard soʻm mablagʻ sarflanishi koʻzda tutilgan.
Nukus shahridan 420 kilometr uzoqda – bepoyon Ustyurt kengliklari bagʻrida joylashgan “Qoraqalpogʻiston” posyolkasida 43,5 milliard soʻmlik qurilish-rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani markazi Gagarin shahrida “Obod qishloq” dasturi doirasida yangidan qurilgan inshootlar topshirilishi hamda Bosh qomusimizning 26 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Oʻzbekistonda 2019-yildan boshlab yangi namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar quriladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |