Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Ruslanbek Davletov Ohangaron tumanida tashkil etilgan sayyor qabulda ishtirok etdi

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida fuqarolarning dardu tashvishlarini tinglash, mavjud masala va muammolarni oʻrganish va ularni yechishga yaqindan koʻmaklashish maqsadida Prezident Administratsiyasi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

Ushbu sayyor qabulda turli vazirlik va idoralar rahbarlari qatorida adliya vaziri Ruslanbek Davletov ham ishtirok etdi.

 

Fuqarolar qabul davomida asosan uy-joy buzilganda toʻlanadigan kompensatsiya, bandlik, moddiy yordam, uy-joy, pensiya, meros olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish masalalari bilan murojaat qilishdi.

 

Ayrim murojaatlar joyida hal etilib, koʻplab masalalar boʻyicha yuridik maslahatlar berildi. Qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olinadi.

 

Ishtirokchilar fikriga koʻra, barcha darajadagi rahbarlarning aholi bilan bevosita muloqotga kirishishi, ayniqsa, sayyor qabullar orqali murojaatchilar huzuriga borishi xalqimizning adolatga, davlatga, ertangi kuniga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

25.07.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar