2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat hokimi Forish tumanida o‘tkazgan sayyor qabulda fuqarolar murojaati hal etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi «Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori mamlakatimizni barqaror taraqqiy ettirish, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi. Uning ijrosini ta’minlash bugunning muhim talabidir.

Bu borada jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og‘zaki murojaatlari sinchiklab o‘rganilib, ularda ko‘tarilgan masalalarni hal etish, navbatdagi dolzarb vazifalarni belgilab olishda sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etyapti.

Jizzax  viloyati  hokimi,  birinchi  sektor rahbari Ergash Saliev Forish tumani "Egizbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda viloyatdagi 4 ta sektor rahbarlari, viloyat korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyat xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov kirish so‘zi bilan ochdi.

Yig‘ilishni boshqargan viloyat hokimi Ergash Saliev qatnashchilar e’tiborini sayyor qabullar jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mansabdor shaxslarning murojaatlar bilan ishlashdagi mas’uliyatini oshirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. Fuqarolarning murojaatlari e’tiborsiz qolmasligi, ularning barcha savollariga viloyat korxona va tashkilotlarining rahbarlari ochiq-oydin javob berishlari haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng sayyor qabulga viloyat korxona va tashkilotlari, tuman hokimligi mutasaddilari, sektorlar hamda idora va muassasalar rahbarlari jalb etildi.

- Qabul davomida 98 ta fuqarolar ishtirok etishdi. Muammoli masalalar yuzasidan murojaatlarning 11 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, 7 ta fuqaroga  huquqiy  tushunchalar  berildi - deydi hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha viloyat hokimining 1-sektor shtabi kotibi Fazliddin Elchiboev.

Fuqarolarning murojaati asosan yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy bilan ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish, tijorat banklaridan kredit olishda ko‘maklashish, ishga joylashish kabi muammolar haqida bo‘ldi.

Joyida hal etish imkoni bo‘lgan murojaatlar yuzasidan talablar qanoatlantirildi. Atroflicha o‘rganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan echimini topish vakolatiga ega bo‘lgan korxona, tashkilot, muassasalarga muddat belgilanib, tegishli organlar tomonidan nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.


– Qishloqdagi 6-umumta’lim maktabida o‘quvchilar ko‘pligi bois qo‘shimcha binoga muhtojlik sezilyapti, – deydi «Oqtepa» mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Abdumannon Abduqodirov. – Bundan tashqari mahalla ham o‘z binosiga ega emas. Ushbu masalalarni hal etishda amaliy yordam so‘radik.

«Sayyod» mahallasi Balandosmon qishlog‘ida yashovchi Yusuf Shoyimov qishloqqa 1970-yillarda aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun o‘rnatilgan yog‘och tayanchlar chirib, tamom bo‘layotgani, qishloq aholisiga «Har bir oila – tadbirkor» dasturi bo‘yicha 8 foizli imtiyozli kredit ajratishga e’tibor qaratish, «Egizbuloq» mahallasida yashovchi Nargiza Ro‘zieva hozirda yashab turgan uyi vafot etgan qaynotasi nomidaligi, shu sababli hozirda uyni kadastr hujjatlarini tayyorlashda muammo bo‘layotgani, uni qaynonasining nomiga o‘tkazib berishda yordam so‘radi.

Bundan tashqari «O‘xum» mahallasidan Sattor Ahmedov, Xushvaqt Norboev, «Oqtepa» mahallasidan Botir Shumqorov, «Osmonsoy» mahallasidan Nuriddin Balxiev, «Xonbandi» mahallasidan Mehriniso Rabbimova, «Nurak» mahallasidan G‘appor Astanov, «Uchma» mahallasidan Yangiboy Haydarov va boshqalar ham o‘zlarini qiynayotgan muammolarini bayon etdilar.

Murojaatlar yuzasidan tegishli korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabul davomida qayd etilgan murojaatlarning asosiy qismi ijtmoiy-iqtisodiy masalalarga oid bo‘lib, barchasi nazoratga olindi va ularni hal etish bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.

23.07.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar