2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yangiliklar
22.05.2019Yangiliklar

Beshta muhim tashabbus – amalda

DXX Chegara qoʻshinlari tomonidan ham beshta muhim tashabbus asosida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

21.05.2019Yangiliklar

Farg‘ona IIB boshlig‘i o‘z sektorida sayyor qabul o‘tkazdi

Beshariq tumani Farg‘ona viloyatining chekka tumanlaridan biri. Tuman aholisi yangilanishlar, islohotlar bilan hamqadam, hamfikr qadam tashlamoqda. Olib borilgan tizimli chora-tadbirlar, hayotbaxsh islohotlar natijasida aholi turmush darajasida ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Tadbirkorlar safi kengayyapti. Lekin hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar ham yo‘q emas.

20.05.2019Yangiliklar

Har bir murojaatning hal qilinishi kimningdir turmushi yaxshilanishiga xizmat qiladi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida viloyat hokimligi va viloyat xalq qabulxonasi hamkorligida o‘tkazilgan sayyor qabulda aholining ko‘plab muammolari hal etildi.

19.05.2019Yangiliklar

Chirchiq davlat pedagogika institutida Prezident tashabbuslari haftaligi

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida 13-17 may kunlari boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbuslari haftaligi” institut istiqboli uchun muhim boʻlgan “Talaba – talabaga ustoz, talaba – talabaga shogird”, “Katta kurslar - kichik kurslar uchun yadro boʻlishi zarur”, “Talaba tashkil qiladi, oʻtkazadi, yaratadi” degan tamoyilni yuzaga keltirdi.

18.05.2019Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Konimexda sayyor qabul oʻtkazdi

Navoiy viloyati Konimex tumanida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari fuqarolarning hududda tibbiy xizmatdan foydalanish, yoʻl qurilishi, suv chiqarish, bandlik hamda ichki ishlar organlariga taalluqli boʻlgan boshqa bir qator masalalar bilan murojaatini oʻrgandi. Sayyor qabulda 200 dan ortiq aholi qatnashdi.

17.05.2019Yangiliklar

Murojaatchi ham ishli, ham uyli bo‘ldi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasiga Samarqand shahar, “Chilquduq” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Muxamedov oxirgi 2 yil davomida ishga joylashish maqsadida o‘nlab tashkilotlarning ostonasida ovora bo‘lib, ishga kirolmasdan yurganligi sababli uni ishga joylashishda amaliy yordam berishni hamda so‘rab murojaat qildi.

17.05.2019Yangiliklar

Sayyor qabulda 9 nafar fuqaro muddatidan oldin ozodlikka chiqarildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud raisining oʻrinbosari X. Yodgorov va Oliy sud sudyalari Jizzax viloyati aholisi bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

16.05.2019Yangiliklar

Besh tashabbus - beshimkoniyat

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha beshta muhim tashabbus Navoiy viloyatida ham keng targ‘ib qilinmoqda.

16.05.2019Yangiliklar

Sayyor qabul: har bir murojaat e’tiborda

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov “Qizilqumsement” AJ sog‘lomlashtirish maskanida fuqarolar bilan uchrashdi.

15.05.2019Yangiliklar

MIB direktori Toshkentda sayyor qabul o‘tkazdi

osh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxo‘jayev 10-may kuni Byuroning Mirobod tuman bo‘limida poytaxtning Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Bektemir, Mirobod, Sergeli va Chilonzor, 11-may kuni esa Yunusobod tuman bo‘limida Shayxontohur, Yunusobod, Uchtepa, Yakkasaroy va Olmazor tumanlari aholisi uchun sayyor qabullarni o‘tkazdi.

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони1 Avgust 202414 Avgust 2024Andijon viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati
Электр энергияси таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati

Foydali resurslar